Foydalanuvchi:Mansur Safoyev/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Levteyeva Larisa Georgiyevna (1941 yilda tugʻilgan) — olima, Oʻzbekiston tarixi va madaniyati boʻyicha mutaxassis. Uning qiziqishlari doirasi muzeyshunoslik,tarix-tarixshunoslik, etnografiya, arxeologiya, xalq amaliy va tasviriy san'at kabi ilmiy fanlar bilan bogʻliq.[1] Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Larisa Georgievna Levteyeva 1941-yil 23-sentabrda harbiy xizmatchi oilasida tug'ilgan. 1949-1959-yillar - O'rta maktabda o'qigan. U o'rta maktabni oltin medal bilan tugatgan.

Ilmiy va ijtimoiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • ToshDU (hozirgi M.Ulugʻbek nomidagi OʻzMU) tarix fakultetini tamomlagan (1963). 1964-yil dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida ishlaydi. Kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Muzeyning ilmiy-tadqiqot, ilmiy ekspozitsiya, ko‘rgazma, fond, ilmiy-uslubiy, ilmiy-maʼrifiy va nashriyot ishlari bo‘yicha bo‘limlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilgan. Muzey ilmiy kengashi kotibi lavozimida ishlagan.
  • 1966 yildan 1989 yilgacha L. G. Levteyeva Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining asosiy inventar kitobini yuritadi, unga muzeyga qabul qilingan barcha eksponatlar kiritilgan. 1975 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi Dissertatsiyalar qabul qilish va himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashda „Oʻrta Osiyo tarixiga oid memuar manbalar(XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlari)“ mavzusida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.1987 yilda katta ilmiy xodim (dotsent) unvoni va diplomini oladi.
  • 1998-yilda L. G. Levteyeva shu yili O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan tuzilgan Respublika „O‘zbekmuzey“ jamg‘armasiga ishga taklif qilinib, 2006-yilgacha bu yerda bosh mutaxassis lavozimida ishladi. K.Tursunaliev bilan hamkorlikda „Muzeyshunoslik (muzey ishi fani)“ uslubiy qo‘llanma va jamg‘arma ishini sarhisob qiluvchi risola tayyorladi. Bu risola muzeylar xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatdi.
  • 1998-2009-yillarda Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyida (hozirgi Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi) ilmiy boʻlim mudiri lavozimida yarim stavka faoliyat yuritgan. U boshqa xodimlar bilan birgalikda 20 ta kolleksiyadagi 7000 ga yaqin buyum tavsifini hamda muzey ekspozitsiyasi bo‘yicha qo‘llanmani o‘z ichiga olgan Katalogni tayyorladi.

Ilmiy loyihalardagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Larisa Georgiyevna ilmiy loyihalarni ishlab chiqdi: „Moddiy madaniyat ob’ektlari — Markaziy Osiyo davlatchiligi, madaniyati va sanʼati genezisi muammolarini va ularning yuksak maʼnaviyat va madaniyatni shakllantirishdagi rolini oʻrganishda tarixiy manba“, „ Moddiy madaniyatni oʻrganish- O‘zbekiston kulolchiligida qadimdan to hozirgi kungacha shakllar, texnologiyalar, bezak naqshlarining evolyutsiyasi“, „Toshkentda qadimdan XX asrgacha hunarmandchilikning evolyutsion rivojlanishi“, „Toshkent muzeylari va ularning rivojlanishining ijtimoiy-madaniy istiqbollari“, „O‘zbekiston harbiy sanʼati tarixi“, „O‘zbekiston kultlari va dinlari (urf-odatlari, marosimlari, anʼanalari). Miloddan avvalgi 100-40 ming yillar — XX asr. (Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi kolleksiyalaridagi buyumlar boʻyicha)“, „XXI asrda Oʻzbekiston muzeylari. Yangi yondashuvlar va rivojlanish istiqbollari“, „Tarix va madaniyat yodgorliklari“ elektron maʼlumotlar bazasini yaratish (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi kolleksiyalari bo‘yicha)" va boshqalar.
  • 2018-yilda t.f.d.prof. J. X. Ismailova va boshqalar bilan birgalikda „Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida“ xalqaro loyihasi doirasida „Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi toʻplami. Ikkinchi qism. Etnografik fond“ kitob-albomini nashr etishga tayyorgarlik koʻrish ishlari olib borildi. Ushbu kitob uchun OʻzR FA Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va muzey etnografik fondini toʻplanish tarixi shuningdek „Kulolchilik“, „Chinni, fayans“, „Badiiy metall“, „Qurollar“, „Yogʻoch oʻymakorligi“, „Zargarlik taqinchoqlari“, „Matolar“, „Gilamlar va gilamdoʻzlik mahsulotlari“, „Kashtachilik“, „Zardoʻzlik“, „Kiyimlar“, „Doʻppilar“, „Poyabzal“, „Dungan toʻplami“ kabi boʻlimlarni oʻz ichiga olgan katalog va tavsiflovchi qismlar haqida kirish matni, koʻrsatkichlar va glossariy tayyorlandi. Kitob-albom 2020-yil nashr etilgan.[2]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

L.G.Levteyeva 100 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop ishlar, koʻplab OAVda maqolalar va Oʻzbekiston moddiy va maʼnaviy merosiga bagʻishlangan asarlar:

  • "Кустарные промыслы в быту народов Узбекистана XIX – XX веков"(„XIX-XX asrlardagi Oʻzbekiston xalqlari hayotida hunarmandchilik“ jamoaviy asar, 1986-yil),
  • "Тюбетейки Узбекистана XIX – XX веков" („XIX-XX asrlar Oʻzbekiston doʻppilari“, 2006, I.V.Bogoslovskaya bilan hammualliflikda),
  • "Богатая история древней земли" (2012,„Qadim zaminning boy tarixi“),
  • "Ўзбекистонда ҳарбий санъат тарихи" (2013, J.X.Ismailova bilan hammualliflikda),
  • "Юрий Федорович Буряков. Путь в науке длиною в жизнь"(2014, „Yuriy Feodorovich Buryakov.Ilmiy hayot yoʻlida“),
  • "Сохраняя культурное наследие"(2019, „Madaniy merosni saqlash“) muallifi. Olimaning ilmiy va ilmiy-ommabop ishlari va asarlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi asar(Л.Г.Левтеева.Библиография.-T.:"Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi", 2021.72 стр.)ga qaralsin.

Ilmiy va ijtimoiy faoliyati yillar kesimida:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1949-1959-yillar oʻrta maktabda oʻqigan. Maktabni oltin medal bilan tugatgan.
  • 1959-1963-Toshkent davlat universitetida oʻqish (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti), Tarix fakultetida.
  • 1963-1964- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Geologiya instituti muzey boʻlimi xodimi.
  • 1964-yil Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyining kichik ilmiy xodimi (hozirgi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi).
  • 1966-yildan-Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyining katta ilmiy xodimi, ilmiy kotib vazifasi ham yuklagan.
  • 1967-yil — SSSR Madaniyat vazirligi va Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika qoʻmitasining diplomi bilan taqdirlangan.
  • 1975-yil — „Oʻrta Osiyo tarixiga oid memuar manbalar(XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlari“) mavzusida ilmiy daraja uchun dissertatsiyani himoya qilgan. Tarix fanlari nomzodi.
  • 1977-yil — Oʻzbekiston SSR Oliy kengashi Prezidiumining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.
  • 1977-yil — Oʻzbekiston SSR tarixi va madaniyati yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati boshqaruvi Prezidiumining diplomiga sazovor boʻldi.
  • 1979-yil — Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.
  • 1986-yil — „Mehnat faxriysi“ medali bilan taqdirlangan.
  • 1986-yildan — Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyining ilmiy kotibi.
  • 1987-yil — Katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan.
  • 1991-yil — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.
  • 1992-yildan Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining katta ilmiy xodimi.
  • 1994-1996-yillar — „O‘zbekturizm“ qoshidagi Ekskursiya markazi yetakchi metodisti.
  • 1996-yildan — OʻzR FA Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining yetakchi ilmiy xodimi.
  • 1998 — 2006-yillar — Respublika „O‘zbekmuzey“ jamg‘armasining o‘rindoshlik bo‘yicha bosh mutaxassisi.
  • 1998 — 2009-yillar Oʻzbekiston Respublikasi amaliy sanʼati muzeyida (hozirgi Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi) yarim stavka asosida ilmiy boʻlim mudiri.
  • 2001-yil — Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi Prezidiumining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.
  • 2003-yildan Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining katta ilmiy xodimi.
  • 2006-yil — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi (aʼzoligiga qabul qilingan.
  • 2006-yil — Toshkent shahar hokimligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
  • 2010-yil — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
  • 2010-yil — Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining kumush medali bilan taqdirlangan.
  • 2010-yil — Oʻzbekiston madaniyat vazirligi, „Oʻzbekmuzey“, Oʻzbekiston muzeylar Kengashi faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.
  • 2010-yil — Sirdaryo viloyati hokimligining minnatdorchiligi eʼlon qilindi.
  • 2019 yil — O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasining minnatdorchiligi eʼlon qilindi.
  • 2021 yil — „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ faxriy ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Л.Г.Левтеева.Библиография.-T.:"Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi", 2021.72 стр.
  • «Ўзбекистон маданий мероси» муаллифлик туркуми: «Ўзбекистон тарихи давлат музейи тўплами. Иккинчи қисм. Этнографик фонд» китоб-альбоми/ Ф.Ф. Абдухолиқов, Э.В. Ртвеладзе, Ж.Ҳ. Исмоилова, Л.Г. Левтеева // Тошкент: «East Star Media» МЧЖ, «Darakchi inform servis» МЧЖ буюртмасига кўра, 2020. - 432 б.
  1. L. G. Levteeva. Bibliografiya.-T.:"Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi", 2021.5 s.
  2. «Ўзбекистон маданий мероси» муаллифлик туркуми: «Ўзбекистон тарихи давлат музейи тўплами. Иккинчи қисм. Этнографик фонд» китоб-альбоми/ Ф.Ф. Абдухолиқов, Э.В. Ртвеладзе, Ж.Ҳ. Исмоилова, Л.Г. Левтеева // Тошкент: «East Star Media» МЧЖ, «Darakchi inform servis» МЧЖ буюртмасига кўра, 2020. - 432 б.