Foydalanuvchi:Basil 0406
"Izlash"
Mehmet Yildiz
Seni izlayotib jonim uzildi...
Asar tafsiloti:
Hayotning bahorida so'ligan navnihol... Maishiy zo'ravonlik, qotillik, ko'cha hayoti, giyoxvandlik, yetimlik, afsus-nadomat va ruhiy azoblarni boshdan kechirgan yoshgina yigitcha. Bu yoshida buncha yukni ko'tarish unga og'irlik qildi. Ranj-alamga to'la hayotiga ma'no berishni istadi, tubi yo'q quduqda kelajagi uchun bir tutam umid qidirdi... Va yo'lini yo'qotganlarga yo'lboshchilik qilishni diliga tukkan yosh o'qituvchi bilan uchrashib qoldi. Bu uchrashuv aslo tasodif emasdi... Mexmet Yildizning real voqealarga asoslanib yozilgan ushbu asarida tolei kulmagan yigitchaning xayoti qanchalar o'zgarib ketganiga guvox bo'lasiz. „Xech kim hayotimizga bekordan-bekor kirib kelmagan. Ular biz uchun yo imtihon, yoki armug'ondir“. Asar qahramonlari:
- Mehmet
- Sariq suvsar
- Xoqon-Mehmetni do'sti.
- Ilyos-Mehmetni do'sti
- Jivan-Mehmetni do'sti
- Fotima-Mehmetni to'g'ri yo'lga boshlagan Ustoz
- Maxliko-ustoz
- Ali-do'sti
- Solix-amaki
- Aras-do'sti
- Ebru-ustoz
- Emre-shifokor
- Mersin
Iqtiboslar:
- Shubxasiz, eng katta xatoimiz hammaning qalbi yaxshi ekanligiga ishonishimizdir.
- „Yuragingizga yaqin bo'lmagan insonlardan uzoq bo'ling“. Xazrat Umar.
- „Alloh na tashqi ko'rinishga, na mol-u dunyoyingizga qaraydi. U sizning qalbingizga va amallaringizga qaraydi“. Hadisi sharif
- Qancha qochsang qoch, uzingdan qocholmaysan.
- „Achchiq suv xam, shirini xam suv. Aslo ko'rinishga aldanma. Chunki tashqaridan qaraganda, xamma ham insonga uxshaydi“. Xazrat Mavlono.
- Loyqa suvga qarasangiz, aksingizni tiniq ko'rolmaysiz. O'zingizni qayerda izlaganingiz shuning uchun ham muhim.
- Insonlarni go'zal axloq soxibiga aylantirish faqatgina imon va ibodat bilan mumkindir.
- Amalga oshmagan xar narsaning ortida Alloh murod qilgan bir xayr bordir.
- Sen bilan munosabati yaxshi bo'lgan insonlarga ehtiyojimiz bor, Allohim!
- "Alloh imtihon qilyapti", degancha sen faqatgina tomosha qilib turgan insonga yordam qilish-qilmaslining sening imtihoningdir.
- "Insonni inson qiladigan imondir. Shunday ekan, insonning asl vazifasi imon va duodir. Kufr insonni g'oyat ojiz hayvonga aylantirib qo'yadi".
- "Zindonlarning eng yomoni_axloqi axloqi mos kelmaydigan insonlarning bir joyda yashashidir". Xazrat Umar
- Yomon inson yo'q, yomonlikka ro'baro' qilinganlar bor. Zararli inson yo'qdir, zararga duchor qilinganlar bor.
- Men bu ma'nisiz dilgirliklardan Sening borligingni eslab qutulaman.
- "Bir narsaga to'liq erisha olmasang ham, undan butkul voz kechma".
- Umidsiz inson shaytonning o'yinchog'iga aylanadi.
- Sen his qilayotgan narsa aslida yolg'izlik emas, Allohga uzoqligingdir...
- Hamma faqat o'zining dardga chalinganini o'ylaydigan bu dunyoda hamdarding bo'lishi ne'matdir.
- Balki sen Allohdan gul yaprog'ini istayotgandirsan, aslida Allox sen uchun gulzorlarni tayyorlab qo'ygandir.
- Tavba "Menga yangi hayot kerak, eskisini rasvo qildim", demakdir.
- "Yig'lama, go'zal inson! Darrov g'amga botma. Qara, umid bor. Alloh bor..."