Foydalanuvchi:Andijon davlat tibbiyot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yilda Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlaridan birida barpo etildi. Hozirda institut Respublikadagi oliy o‘quv yurtlari orasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Institutning ilmiy salohiyati kundan kunga o‘sib bormoqda.

Mustaqillik yillarida institut turli yo‘nalishlarda 13000 nafardan ortiq yuqori malakali shifokor (ulardan 800 nafari klinik ordinator, 1116 nafari magistr, 200 nafari aspirant va 20 nafari doktorant)ni tayyorladi.

Bugungi kunda institut bitiruvchilari magistraturaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqdalar: Akusherlik va ginekologiya, terapiya (yo‘nalishlar bo‘yicha), otorinolaringologiya, kardiologiya, oftalmologiya, yuqumli kasalliklar (yo‘nalishlar bo‘yicha), dermatovenerologiya, nevrologiya, umumiy onkologiya, morfologiya, xirurgiya (yo‘nalishlar bo‘yicha), tashxisning instrumental va funksional usullari (yo‘nalishlar bo‘yicha), neyroxirurgiya, sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash (yo‘nalishlar bo‘yicha), urologiya, narkologiya, travmatologiya va ortopediya, sud-tibbiyot ekspertizasi, pediatriya (yo‘nalishlar bo‘yicha), bolalar xirurgiyasi, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi, bolalar nevrologiyasi, neonatologiya, sport tibbiyoti.

Institutda ilmiy –pedagogik xodimlarning 4 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Nyu-York akademiyasida 3 nafar va Rossiya pedagogik fanlar akademiyasida 2 nafar a’zo faoliyat ko‘rsatmoqda.

Institutda quyidagi fakultetlar va yo‘nalishlar mavjud: davolash, pediatriya, stomatologiya, kacb ta’limi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya, oliy hamshiralik ishi va shifokorlar malakasini oshirish. Institutda 870 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Shu jumladan 50 ta kafedrada 567 nafar professor-o‘qituvchi tarkibida 35 nafar fan doktori va professor, 132 nafar dotsent va fan nomzodi faoliyat ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha jami 3658 nafar (shulardan davolash fakultetida 1559 nafar, pediatriya fakultetida 1068 nafar, stomatologiya fakul’tetida 442 nafar, kasb ta’limi yo‘nalishida 221 nafar, farmatsiya yo‘nalishida 135 nafar, tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishida 114 nafar, oliy hamshiralik ishi yo‘nalishida 119 nafar talaba tahsil olmoqda.

Institut klinikasi 700 ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy diagnostika jihozlari bilan ta’minlangan: MRT, dopler, skaner, endoskop va boshqalar.

Institutda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini yuqori saviyada olib borish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.