Fovizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fovizm (frans. fauvisme, fauve — yovvoyi) — 20-asr boshlarida fransuz rangtasvirida hukm surgan avangard badiiy oqim. Parijda 1905 yilda ochilgan kuzgi salon koʻrgazmasida namoyish etilgan asarlar mualliflari (rassomlar A. Matiss, A. Deren, A. Marke, J. Brak va boshqalar)ga zamonaviy tanqidchilar tomonidan kinoya tarzida berilgan nom. F. asarlari bevosita naturani, borliqni kuzatish asosida yaratiladi, 19-asr anʼanaviy sanʼatidan oʻzining rangdorligi, hayotiy voqealarni erkin talqin etishi va shakl buzilishlariga yoʻl qoʻyishi bilan ajralib turadi. Rassomlar asarlarida primitiv sanʼat, oʻrta asr va sharq sanʼati uslublaridan ham foydalanib, yangi estetik tuygʻularni berishga harakat qildi. Ijodkorning uncha murakkab boʻlmagan histuygʻularini ifodalashda buyum hajmi, kenglik, havo perspektivasi kabilar yorqin bezak rang gammasi, joʻshqin rang surtmalari va boshqa tomonidan siqib chiqarildi.