Fotolyuminessensiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fotolyuminessensiya - yorugʻlik nurlari va ultrabinafsha nurlar vujudga keltiradigan lyuminessensiya turi. F.ning optik spektrlari (103—0,1 mkm toʻlqin uzunlikdagi elektromagnit nurlanish spektrlari) chizikli, yoʻlyoʻl va uzluksiz (tutash) boʻlishi mumkin. Ularning qandayligi moddaning agregat (baʼzi xossalari sakrabsakrab oʻzgaradigan) holatiga, atomlar va molekulalarining vujudga kelish (uygonish) shartsharoitlariga bogʻliq, faqat bugʻlar F.si spektrlarigina uygʻotuvchi nurlanish (yorugʻlik nurlari va ultrabinafsha nurlar) toʻlqinlari uzunligiga boglik boʻladi. F.ning eng oddiy holi — atom bugʻlarining rezonans (uygʻunlashib) nurlanishi. F.dan lyuminessent lampalar, yorugʻlikni qayd qilish asboblari va boshqalarda foydalaniladi.