Fotima (ism)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fotima (ism)
Bogʻliq maqolalar: "Fotima (ism)"dan boshlanuvchilar

"Fotima"dan boshlab barcha maqolalar

Vikilugʻat logotipi
Vikilugʻat logotipi
    Vikilugʻatda
     "Fotima (ism)" maqolasi bor

Fotima arab. فاطمة — fatimatun, fatimax[1], fatimun (arabcha: فَطِيمٌ — koʻkrakdan ajratilgan (bolalar haqiqa))[2] maʼnoni anglatadi. Bu ism islomga eʼtiqod qiluvchi koʻplab xalqlar orasida keng tarqalgan ayollar ismi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismning musulmon xalqlari orasida mashhurligi Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) va Xadichaning kenja qizi - Fotimani shu nom bilan atashgan. Fotima ismnining yanada ulugʻlanishi shu kabi tarixiy manbaalarga borib taqaladi. Fotima bint Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) musulmon olamida mashhur ayollardan biri hisoblanadi unga Fotima Zahro (nur taratuvchi) deya taʼrif berishgan. Odatda oilada egizak qiz farzandlar dunyoga kelganda — katta qizga Fotima, kichigiga Zuhra deb nom qoʻyish bugungi kungacha urfda boʻlgan.

Fotimaning shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotima ismiga odatda quyigacha qoʻshimchalar qoʻshib aytish uni yanada chiroyli va erkalab chaqirish mumkin:

  • Fotimabibi;
  • Fotimabonu;
  • Fotimaoy;
  • Fotimaxon.

Oʻxshashliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotima ismni gʻayriarab xalqlar orasida fonetik qonuniyatlar taʼsirida oʻzgarib, mustaqil nomlar sifatida paydo boʻlgan va turli koʻrinishlarga ega:

Fotima ismli mashhurlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fotima Zahro (605 yoki 615 - 632 yoki 633) - Muhammad paygʻambarning toʻrtinchi qizi, Alining xotini, Hasan va Husaynning onasi.
  • Fotima al-Maosuma (790-816) - oʻn ikki shialarning ettinchi begʻubor imomi Muso ibn Jafar al-Kozimning qizi.
  • Madridlik Fotima (X-asr - XI-asr) - musulmon astronomi.
  • Fotima al-Sharif (1911-2009) - Liviya qiroli Idris I ning rafiqasi, Liviya qirolichasi.
  • Fotima-Sulton (vafoti 1681-yil) — Qosimovning oxirgi hukmdori, bikem.
  • Fotima Rezametova (27-iyul 1970-yilda tugʻilgan) Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
  • Fotima Xoltoyeva Toshkent Tibbiyot akademiyasi umumiy amaliyot shifokori


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Арабско-русский словарь
  2. Ismlar.com, Ismlar maʼnosi, Fotima

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Заслуженная артистка РУз, ведущий мастер сцены (Wayback Machine saytida 2022-10-01 sanasida arxivlangan)
  2. Холтаева Фотима Файзиевна, врач