Fosfor oksidlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fosfor oksidlari - fosforning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Fosfor oksidlari dan fosfor (Sh)oksid yoki fosfit angidrid R2O3, fosfor (U)oksid yoki fosfat angidrid R2O va fosfor (GʻU)oksid (RO2)p muhim ahamiyatga ega. Ularning molekulalari dimer holda, yaʼni R4O6, R4O10 va R2O4 (fosfor qoʻsh oksid) shaklida mavjud.

Fosfor (Sh)oksid, R2O, — rangeiz modda. Suyuqlanish temperaturasi 23,8°, qaynash temperaturasi 173,7°, zichligi 2,135 g/sm3. Suv, uglerod sulfid va benzolda yaxshi eriydi. Sovuq suvda eriganda fosfit kislota N3RO3, issiq suvda esa erkin fosfor, fosfin, fosfat kislota va boshqa birikmalar hosil qiladi. Havoda astasekin fosfat angidridgacha oksidlanadi. 210°da RO2 va qizil fosforga parchalanadi. Fosfit angidrid fosforga cheklangan miqdorda havo taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Organik sintezda koʻplab ishlatiladi.

Suv taʼsirida fosfat kislotaaarta aylanadi. Sanoatda fosfat angidrid fosforni kislorodi koʻp havoda kuydirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Fosfat angidrid gazlardagi namni, suyuqliklardagi suvni yutuvchi vosita, kimyoviy sintezlarda kondensatsiyalovchi modda sifatida qoʻllanadi. R2O5 shilliqpardalarga taʼsir etadi, yoʻtaltiradi, boʻgʻadi, terini kuydiradi, shu sababli u bilan ishlaganda xavfeizlik texnikasiga rioya qilish lozim.