Fosfat kislotalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fosfat kislotalar - fosfat angidrid (P2O5)ning suvli hosilalari. Bir molekula fosfat angidrid bilan bir necha molekula suv birikishiga karab 3 xil fosfat kislota olinishi mumkin: P2O5+H2O^2HPO2, (metafosfat kislota); P2O5+2H2O^H4P2O7 (pirofosfat kislota); P2O5+3H2O"2H3PO4 (ortofosfat kislota). Bularning ichida eng muximi ortofosfat kislota, u toʻgʻridantoʻgri fosfat kislota deb ataladi. Fosfat kislota (H3PO4) — rangeiz, tiniq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 42,35°, zichligi 1,87 g/sm’. Normal sharoitda inert, yuqori trada koʻpgina metall va ularning oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi va, hatto kvars bilan oltinga ham taʼsir etadi. Fosfat kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. Ortofosfat kislota 3 asosli, u 3 xil tuz hosil qiladi, mas, Ca(H2PO4)2 — kaltsiy digidrofosfat (birlamchi fosfat); Ca2(HPO4)2 — kaltsiy gidrofosfat (ikkilamchi fosfat); Ca3(PO4)2 — kaltsiy fosfat (uchlamchi fosfat).

Fosfat kislota texnikada ekstraksion va termik usullar bilan olinadi. Ekstraksion usul maydalangan va ozroq fosfatga kislota qoʻshilgan tabiiy fosforitni sulfat kislota eritmasida eritishdan iborat. Termik usulda esa avval fosforitdan sof fosfor ajratib olinadi, soʻngra uni kuydirib fosfor (V) oksid — fosfat angidrid hosil qilinadi. Bu moddaga suv taʼsir ettirib uni H,PO4 ga aylantiriladi. Metafosfat kislota orto yoki pirofosfat kislotani qizdirib olinadi. Pirofosfat kislota esa gidrofosfatlarni qizdirib va boshqa usullarda olinadi.

Fosfat kislota oʻgʻitlar, texnik reaktivlar ishlab chiqarishda muhim xom ashyo. U organik mahsulotlar sintezida, faollangan kumir ishlab chiqarishda, metallar sirtida himoya qoplamalar hosil qilishda qoʻllanadi. Tozalangan, oziq-ovqat fosfat kislotasi deb ataladigan xili spirtsiz ichimliklar, farmatsevtik preparatlar, ozuqa konsentratlari tayyorlashda ishlatiladi.