Fors koʻrfazi arab davlatlari

Fors koʻrfazi arab davlatlari, shuningdek, Koʻrfaz arab davlatlari (arabcha: دول الخليج العربية)[1] Fors koʻrfazi bilan chegaradosh bir guruh arab davlatlari boʻlib, ular tarkibiga Bahrayn, Quvayt, Iroq, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kiradi[2][3][4].
Atama Fors koʻrfazi mintaqasidagi bir qator arab davlatlariga nisbatan turli kontekstlarda qoʻllanib kelgan. Mintaqaning asosiy siyosiy ittifoqi Fors koʻrfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi boʻlib, unga Iroqdan tashqari barcha Fors koʻrfazi arab davlatlari aʼzo[5][6][7]. Fors koʻrfazi arab davlatlarining aksariyati ilgari protektorat sifatida Britaniya imperiyasi tarkibiga kirgan[8][9][10].
Siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fors koʻrfazi monarxiyalari siyosatshunoslar „qabila-dinastik monarxiya“ deb ataydigan tizimni shakllantirgan boʻlib, aynan shu orqali ular boshqa Yaqin Sharq monarxik tizimlaridan farqlanadi[11]. Bu boshqaruv modeli anʼanaviy qabila boshligʻi tizimidan kelib chiqqan va ikki asosiy mexanizmni oʻz ichiga oladi: hokimiyat qabila guruhlari oʻrtasida taqsimlanadigan „muvozanatlashgan muxolifat“ va qarindoshlik tarmoqlari orqali yaxlitlikni saqlab turuvchi „affiliatsion birdamlik“. Ushbu tizim hukmron oilalarga anʼanaviy hokimiyat tuzilmalarini zamonaviy davlat institutlariga moslashtirish imkonini berdi va shu tariqa, XX asrda Sovuq Arab urushi chogʻida agʻdarilgan boshqa Yaqin Sharq monarxiyalariga nisbatan ularning barqarorroq boʻlishiga yordam berdi[11].
Baʼzi Fors koʻrfazi arab davlatlari saylanadigan parlamentlarga ega boʻlgan konstitutsion monarxiyalar hisoblanadi. Bular qatoriga aholisi tomonidan saylanadigan aʼzolardan tashkil topgan qonun chiqaruvchi organlari mavjud Bahrayn (al-Majlis al-Vatani) va Quvayt (Majlis al-Umma) kiradi[12].
Ummon sultonligida xalq tomonidan saylanadigan maslahat kengashi (Majlis ash-Shuro) mavjud[12]. Birlashgan Arab Amirliklarida esa 7 monarxik amirlikdan tashkil topgan federatsiya mavjud boʻlib, unda Federal milliy kengash maslahat organi sifatida faoliyat yuritadi. Uning aʼzolarining yarmi saylov huquqiga ega boʻlgan amirik fuqarolarining maxsus tanlab olingan 33 foizi orqali shakllantiriladigan saylov kollegiyasi tomonidan bilvosita saylanadi, qolgan yarmi esa har bir amirlikning hukmdorlari tomonidan bevosita tayinlanadi[13][14][15].
Saudiya Arabistoni ham, Qatar ham toʻliq saylanadigan parlamentga ega boʻlgan milliy qonunchilik saylovlarini oʻtkazmagan. Saudiya Arabistonida saylovchilar tomonidan saylanadigan milliy qonun chiqaruvchi organ yoʻq, Shuro kengashi aʼzolari tayinlanadi. Qatar esa 2021-yilda faqat 2/3 oʻrni saylanadigan qisman Shuro kengashi saylovini oʻtkazgan, biroq 2024-yilda ushbu saylovlarni butunlay bekor qilib, yana toʻliq tayinlanadigan Shuro kengashi tizimiga qaytdi[16][17][18]. Iroq Fors koʻrfazi boʻyidagi yagona federal respublika hisoblanadi.
Matbuot erkinligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matbuot erkinligi Fors koʻrfazi arab davlatlarida keskin cheklangan. Chegara bilmas muxbirlarning 2025-yilgi Jahon matbuot erkinligi indeksida barcha Fors koʻrfazi arab davlatlari 180 ta mamlakat orasida pastki 1/3 qismida joylashgan boʻlib, bundan faqat Qatar mustasno, yaʼni Qatar ushbu roʻyxatda 79-oʻrinni egallagan. Biroq Qatar ham „oʻta qatʼiy senzura tizimi“ga ega mamlakat sifatida taʼriflanadi, qator mavzular „butunlay man etilgan“ va mintaqadagi muhim voqealar yoritilishi koʻpincha „bevosita Qatarning rasmiy pozitsiyasiga moslashtirilgan“[19][20].
Tinchlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fors koʻrfazi mintaqasidagi arab davlatlari, ayniqsa, Qatar, jangari islomiy tashkilotlar, masalan, Hamas va Musulmon birodarlarni moliyalashtirishda ayblanadi[21]. Iqtisodiyot va tinchlik instituti (IEP) tomonidan tuzilgan 2025-yilgi Global tinchlik indeksiga koʻra, 7 davlat oʻz chegaralari doirasida tinchlikni saqlashda turlicha natijalarga erishgan. Qatar mintaqadagi hamda Yaqin Sharqdagi eng tinch mamlakat sifatida (butun dunyo boʻyicha 27-oʻrin), Quvayt esa Fors koʻrfazi va Yaqin Sharqda ikkinchi (butun dunyo boʻyicha 31-oʻrin), undan keyin Ummon uchinchi oʻrinda (butun dunyo boʻyicha 52-oʻrin) qayd etilgan. Boshqa tomondan, Iroq Fors koʻrfazi arab davlatlari orasida eng past koʻrsatkichga ega boʻlib, Yaqin Sharqda 16-oʻrinni va dunyo boʻyicha 147-oʻrinni egallagan[22].
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fors koʻrfazi arab davlatlari iqtisodiyoti tarixan uglevodorodlarga kuchli tayanadi. Neft va gaz eksporti davlat daromadlari hamda chet el valyutasi tushumlarining asosiy ustunini tashkil etadi. Qoʻshma Shtatlar Kongress tadqiqot xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2000-yillarga kelib, Saudiya Arabistoni va BAA kabi asosiy davlatlarda neft daromadlari YAIMning 40 foizidan ortiq qismini taʼminlagan. Bu davlatlar jahon neft va gaz zaxiralarining katta ulushiga, masalan, ming yillik boshida jahon neft zaxiralarining qariyb 65 foizi va tasdiqlangan gaz zaxiralarining 34 foiziga egalik qilsalar-da, ushbu soha ularga jahon energiya bozorlaridagi oʻzgaruvchanlikka yuqori darajada qaramlikni yuklagan[23][24].
Soʻnggi yillarda mintaqa uglevodorodlarga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini kuchaytirdi va neftga aloqador boʻlmagan faoliyat tobora muhim oʻsish omiliga aylanmoqda. Jahon banki hisobotida qayd etilishicha, 2024-yilda Fors koʻrfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (GCC) iqtisodiyotining neftga aloqador boʻlmagan tarmoqlari yirik davlatlarda qariyb 4–4,6 foizlik oʻsishni qayd etib, YAIMning keng koʻlamli tiklanishini qoʻllab-quvvatlagan[25]. Bundan tashqari, 2025-yilning 1-choragida GCC davlatlarida neftga aloqador boʻlmagan tarmoqlar YAIMning qariyb 73 foizini tashkil etgan, bu esa iqtisodiy diversifikatsiya endi shunchaki intilish emas, balki amaliy haqiqatga aylanib borayotganini koʻrsatadi[26][27]. Ushbu tarmoqlarga turizm, logistika, ishlab chiqarish, moliyaviy xizmatlar va koʻchmas mulk sohalari kiradi. Ularni yirik infratuzilma loyihalari hamda chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgan islohotlar qoʻllab-quvvatlaydi[28][29].
Shunga qaramay, uglevodorodlardan olinadigan daromadlar mintaqa boʻylab davlat byudjetlari va fiskal muvozanatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib qolmoqda. Masalan, avvalgi tadqiqotlarga koʻra, Quvayt va Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda hamon davlat daromadlarining 60–90 foizi uglevodorodlardan kelib tushgan[30]. Davlatlarning neft narxlaridagi tebranishlarga boʻlgan zaifligini kamaytirish qobiliyati tuzilmaviy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, neftga aloqador boʻlmagan eksportni oshirish va xususiy sektor investitsiyalarini chuqurlashtirishga bogʻliq[31].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻrfaz urushi
- Eron va Turkiya chegarasi
- Iroq va Turkiya chegarasi
- Arabiston yarim oroli
- Basra
- Arabiston tarixi
- Arabiston qabilalari
- Mesopotamiya tarixi
- Inqiroz va Usmoniylar imperiyasining boʻlinishi
- Eron–Iroq urushi
- Eron–Saudiya Arabistoni vositachilik mojarosi
- Iroq–kurd mojarosi
- Qatar–Saudiya Arabistoni diplomatik mojarosi
- Arab qoʻzgʻoloni
- Sharqiy Arabiston
- Mesopotamiya arab lahjasi
- Eron arab lahjasi
- Islomgacha boʻlgan Arabistonda din
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „What Gulf Arab states got, and didn't get, out of Trump's visit“. CNN (2025-yil 16-may).
- ↑ ; Gwenn okruhlik; Andrzej KapiszewskiPolitical Change in the Arab Gulf States: Stuck in Transition, 2011. Qaraldi: 2013-yil 25-avgust. „The authors first focus on the politics of seven Gulf states: Bahrain, Iraq, Kuwait, Oman, Qatar, Saudi Arabia, and the UAE.“
- ↑ World Migration 2005 Costs and Benefits of International Migration. International Organization for Migration, 2005 — 53-bet. ISBN 9788171885503. Qaraldi: 2019-yil 25-yanvar.
- ↑ „U.S. Official to Tour Persian Gulf Arab Lands“. The New York Times (1987). — „A leading American diplomat will start a trip to Iraq and six other Arab countries of the Persian Gulf region this week to discuss the Iran-Iraq war, Administration officials said today.“. 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-fevral.
- ↑ Hertog, Steffen. Arab Gulf States : an assessment of nationalisation policies, 2014. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
- ↑ Peterson, J. E.. Life after Oil: Economic Alternatives for the Arab Gulf States. Duke University Press, 2009. Qaraldi: 2021-yil 13-may.
- ↑ „Gulf countries“. European Commission. — „The Gulf Cooperation Council countries – Bahrain, Kuwait, Oman, Qatar, Saudi Arabia and the United Arab Emirates – are important markets for EU agricultural exports.“. 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-may.
- ↑ Onley, James (2009). "Britain and the Gulf Shaikhdoms, 1820–1971: The Politics of Protection". CIRS Occasional Papers. https://poseidon01.ssrn.com/delivery.php?ID=501005104009101082103019014125100095100069023042044044077006005127071083101092012100124100057006057063050084123003081087017086033035092028083007004079000087124027119022054020004078088127099021114079080112094022078025030067102094013029114122101013066031&EXT=pdf&INDEX=TRUE. Qaraldi: 16 May 2021.Fors koʻrfazi arab davlatlari]][sayt ishlamaydi]
- ↑ Watt, D. C. (1964). "Britain and the Future of the Persian Gulf States". The World Today (Royal Institute of International Affairs) 20 (11): 488–496. https://www.jstor.org/stable/40393560. Qaraldi: 16 May 2021.Fors koʻrfazi arab davlatlari]]
- ↑ Albaharna, Husain (April 1969). "The Legal Status of the Arabian Gulf States. A Study of their Treaty Relations and their International Problems". International & Comparative Law Quarterly (Manchester University Press) 18 (2): 518–519. https://www.cambridge.org/core/journals/international-and-comparative-law-quarterly/article/abs/legal-status-of-the-arabian-gulf-states-a-study-of-their-treaty-relations-and-their-international-problems-by-husain-m-albaharna-manchester-manchester-university-press-usa-oceana-publications-inc1968-xv-and-351-pp-60s/B9D652FF80419CD459C0FD7FB4E937B2. Qaraldi: 12 May 2021.Fors koʻrfazi arab davlatlari]]
- ↑ 11,0 11,1 Wright, Steven „Political Absolutism in the Gulf Monarchies“, . Routledge Handbook of Persian Gulf Politics, 2020 — 346–356-bet. DOI:10.4324/9780429201981-25. ISBN 978-0-429-20198-1.
- ↑ 12,0 12,1 Diamond, Larry; Plattner, Marc F.. Democratization and Authoritarianism in the Arab World. JHU Press, 2014-04-17. ISBN 9781421414171. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
- ↑ Coles, Isabel. „UAE elections: what substance behind the gloss?“. Reuters (2011-yil 21-avgust). Qaraldi: 2021-yil 26-may.
- ↑ „A vote for the country's future“. gulfnews.com (2011-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 25-sentyabr.
- ↑ „About the Federal National Council“. khaleejtimes.com (2011-yil 4-iyul). 2015-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-sentyabr.
- ↑ Bertelsmann Transformation Index (BTI) „2024 Saudi Arabia Country Report“ (en). bti-project.org. Qaraldi: 2025-yil 30-oktyabr.
- ↑ Qarjouli, Asmahan „Preliminary results for Qatar's first ever elected Shura Council“ (en-US). Doha News | Qatar (2021-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 30-oktyabr.
- ↑ Gambrell, Jon „Qataris votes to end limited polls for legislative seats in shadow of US election“ (en). AP News (2024-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 30-oktyabr.
- ↑ Reporters Without Borders „World Press Freedom Index 2025: economic fragility a leading threat to press freedom“ (en). rsf.org. Qaraldi: 2025-yil 30-oktyabr.
- ↑ Reporters Without Borders „World Press Freedom Index 2025: Qatar“ (en). rsf.org (2025). Qaraldi: 2025-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Four huge Middle Eastern powers just cut ties with Qatar over 'terrorism' links“. The Independent (2017-yil 5-iyun). 2018-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ Institute for Economics & Peace „Global Peace Index 2025: Identifying and Measuring the Factors that Drive Peace“ (2025-yil iyun). Qaraldi: 2025-yil 30-oktyabr.
- ↑ Congressional Research Service „The Persian Gulf States: Issues for U.S. Policy, 2006“ (en). www.everycrsreport.com (2006-yil 21-avgust). Qaraldi: 2025-yil 2-noyabr.
- ↑ „Persian Gulf Oil and Gas Exports Fact Sheet- part one | Al Bawaba“ (en). www.albawaba.com (2001-yil 27-fevral). Qaraldi: 2025-yil 2-noyabr.
- ↑ „Non-oil sectors drive robust growth in GCC countries, says World Bank report“ (en). TRENDS MENA (2024-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 2-noyabr.
- ↑ „Non-oil growth fuels 3% GDP rise across GCC in early 2025“ (en). Arab News. Qaraldi: 2025-yil 2-noyabr.
- ↑ „GCC's economic diversification to boost foreign investment and non-oil trade, IMF says“ (en). The National. Qaraldi: 2025-yil 2-noyabr.
- ↑ „Can non-oil sectors shape the future of Gulf economies?“ (en). en.majalla.com. Qaraldi: 2025-yil 2-noyabr.
- ↑ Al Asoomi, Mohammed „Each GCC economy is making further progress on the diversification path“ (en). Gulf News (2024-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 2-noyabr.
- ↑ „GCC's economic diversification to boost foreign investment and non-oil trade, IMF says“ (en). The National. Qaraldi: 2025-yil 2-noyabr.
- ↑ „GCC's economic diversification to boost foreign investment and non-oil trade, IMF says“ (en). The National. Qaraldi: 2025-yil 2-noyabr.
Qoʻshimcha adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdulla, Gayt (2016-yil kuz). "Zamonaviy Fors qoʻli siyosatida xalijiy oʻzlik". Gulf Affairs (Oxford Gulf and Arabian Peninsula Studies Forum): 2–5. Archived from the original on 2021-05-14. https://web.archive.org/web/20210514061920/https://www.oxgaps.org/files/analysis_abdulla.pdf. Qaraldi: 2025-12-18.Fors koʻrfazi arab davlatlari]]
- Agius, Dionisius. Fors qoʻlida va Ummonda dengizchilik: Dov xalqi. Routledge, 2009. ISBN 9780415549868.
- Transmilliy aloqalar va Fors qoʻli Madavi al-Rashid: . Psychology Press, 2005. ISBN 9780415331357.
- Fors qoʻli davlatlari: Umumiy sharh. Boltimor: The Johns Hopkins University Press, 1980. ISBN 9780801822049.