Fonoteka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fonogramarxivdan yoʻnaltirildi)

Fonoteka (fon... va yun. theke — narsalar saqlanadigan joy), fonogramarxiv — muayyan tartibda saqlanadigan ovoz (musiqali, adabiy, hujjatli, maxsus oʻquv va boshqalar) yozuvlari (fonogrammapar) toʻplami, ovoz yozuvlarini toʻplovchi, qayta ishlovchi, saklovchi muassasa. Yevropada 19-asr oxiri — 20-asr boshida yuzaga kelgan (Avstriya Fanlar akademiyasi F.si, 1899; Berlin psixologiya instituti F.si, 1900 va boshqalar). Universal hamda ixtisoslashtirilgan (mas, kinostudiyalardagi) F.lar mavjud. Oliy, oʻrta maxsus (ayniqsa, musiqa, teatr, pedagogika va boshqalar) oʻquv yurtlarida oʻquv F.lar keng tarqalgan. Oʻzbekiston Oʻzteleradiokompaniyasining Radio uyi, Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston milliy kutubxonasi va boshqalarda yirik F.lar mavjud.