Fokus (matematika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fokus (matematikada) — 1) ikkinchi tartibli egri chiziq (ellips, giperbola, parabola) ning fokusi ushbu egri chiziq tekisligidagi shunday Gʻ nuqtaki, unda egri chiziqdagi har qanday nuqta bilan Gʻ orasidagi masofaning direktrisagacha boʻlgan masofaga nisbati oʻzgarmas va bu nisbat ekssentrisitetiga teng; F. ikkinchi tartibli chiziklarning optik xossalarini ifodalashda muhim oʻrin tutadigan nuqta. "F." terminini 1609-yil nemis olimi I.Kepler kiritgan; 2) differensial tenglamalar nazariyasida F. differensial tenglamalar maxsus nuqtalarining bir turi. Bu nuqtadan oʻtuvchi integral egri chiziqlar oʻramlari soni cheksiz boʻlgan spirallardan iborat.