Florin Cezar Ouatu
Cezar | |
|---|---|
|
Cezar Malmö shahrida o‘tkazilgan „Eurovision–2013“ tanlovidagi chiqishi vaqtida. | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
Florin Cezar Ouatu 1980-yil 18-fevral Ploiești, Ruminiya |
| Janrlar | Opera |
| Faoliyat yillari | 2004–hozirgacha |
| Leybllar | HaHaHa Production |
| Fuqaroligi | Ruminiya |
| Hamkorligi | Andrea Bocelli, Angela Gheorghiu, Vangelis |
Cezar Ouatu (1980-yil 18-fevralda tugʻilgan), Cezar yoki Vocea („Ovoz“) taxalluslari bilan tanilgan — ruminiyalik opera ijrochisi, xonanda hamda pianinochi[1][2][3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cezar Ploiești shahrida musiqachilar oilasida tugʻilgan[4]. Uning otasi marhum fleytachi hamda Mozarteum University Salzburgning sobiq oʻqituvchisi Florin Ouatu boʻlgan. Cezar olti yoshidan boshlab fortepiano chalishni oʻrgangan. U tugʻilgan shahridagi Carmen Sylva sanʼat maktabini, shuningdek, Milan Konservatoriyasini tamomlagan[4].
Italiyada Cezar bel kanto klassik vokal yoʻnalishini eng yuqori natija bilan yakunlagan. U, shuningdek, barokko musiqasi boʻyicha ham tahsil olgan[5] He has also studied Baroque music.[6]. 2001-yilda Giuseppe Verdi Music Academyga qabul qilingan va 2004-yilda oʻqishni bitirgan. 2003-yilda oʻtkazilgan Francisco Viñas xalqaro vokal tanlovida hamda 2005-yilda Renata Tebaldi Foundation tomonidan San Marinoda tashkil etilgan xalqaro vokal musobaqasida „Eng yaxshi kontrtenor“ mukofotiga sazovor boʻlgan[7].
Cezar professional opera sahnasidagi debyutini 2007-yilda La Fenice teatrida amalga oshirgan. Keyinchalik u barokko operalaridagi turli rollarni ijro etib, opera sahnasidagi faoliyatini davom ettirgan[8].
Ouatu oʻzining ilk pop-opera yoʻnalishidagi „Cinema Paradiso“ singlini 2012-yil 24-dekabrda ommaga taqdim etgan.
2013-yil may oyida Cezar Ruminiya nomidan „Eurovision–2013“ tanlovida „Itʼs My Life“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan[9]. Tanlov yakunida u 65 ball toʻplab, 13-oʻrinni egallagan. Bir hafta oʻtib, 2013-yil 25-mayda u Andrea Bocelli va Angela Gheorghiu bilan birgalikda Romexpoda oʻtkazilgan Bocellining konsertida sahnaga chiqqan[5]. Ushbu chiqish keyinchalik Vangelis bilan hamkorlikka yoʻl ochgan[10].
2018-yilda Cezar Buyuk Britaniyadagi The X Factor tanlovi uchun tinglovlarda ishtirok etgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mirela Dinica „Cezar Florin Ouatu, contratenorul care va reprezenta România la concursul Eurovision: 'Nu sunt gay, sunt bărbat 100%'“. Libertatea (Pančevo) (2013-yil 11-may). 2015-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-yanvar.
- ↑ „Ziua lucram în supermarket și seara mă duceam la Conservator“ (ro). Adevărul (2013-yil 4-mart). 2013-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-may.
- ↑ „Das Interview: Florin Cezar Ouatu“ (de). Das Opernglas. 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-may.
- 1 2 „Cine este Cezar Ouatu, câștigătorul Eurovision România 2013“ (ro). Adevărul (2013-yil 10-mart). 2013-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-may.
- 1 2 „Angela Gheorghiu și Cezar Ouatu vor cânta la concertul pe care Andrea Bocelli îl va susține la București“ (ro). România Liberă (2013-yil 11-mart). 2013-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-may.
- ↑ „Eurovision Song Contest: Romania“. BBC One (2013). 2019-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-yanvar.
- ↑ Sinziana Boaru „Un contratenor vine în ajutorul lui Iustin Ianău“ (2011-yil 23-fevral). 2015-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-yanvar.
- ↑ Bruce Scott „'Agrippina,' Handel's Unlikely Comedy“. National Public Radio – World of Opera (2010-yil 29-yanvar). 2015-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-yanvar.
- ↑ „Află unde poți să-l asculți LIVE pe Cezar "The Voice" Ouatu, reprezentantul României la Eurovision!“. Libertatea (Pančevo) (2013-yil 13-may). 2015-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-yanvar.
- ↑ „Eurovision 2013: Vangelis îl apreciază pe Cezar Ouatu“. Romania TV (2013-yil 19-may). 2015-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-yanvar.
- ↑ „Who is X Factor hopeful Cezar Ouatu?“ (2018-yil 22-sentyabr). 2018-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-sentyabr.