Flori Pol Jon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Flori Pol Jon (1910.19.6, Sterling , Illinoys shtati — 1985.9.9) — amerikalik fizikkimyogar. AQSH Milliy FA aʼzosi (1953 yildan). Kolumbusdagi Ogayo shtati Davlat universitetini tugatgan (falsafa dri 1934). Kornell universiteti prof. (1948 —56), Melonov universitetida ilmiy rahbar (1956 —61), Stanford universiteti prof. (1961 yildan). Ilmiy ishlari polimerlar polikondensatsiyasi va fizikasiga oid. Polikondensatlanish jarayonlarida funksional guruhlarning reaksiyaga kirishish xususiyati oʻzaro taʼsir etuvchi molekulalar zanjiri uzunligiga bogʻliq emasligini aniklagan (Flori prinsipi). Nobel mukofoti laureata (1974).