Kontent qismiga oʻtish

Flia

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Flia
Turi Asosiy taom
Milliy oshxona Alban oshxonasi
Asosiy komponentlari Un, suv, tuz, Sariyogʻ, yogurt, moy, tuxum, yongʻoqlar
Retsepti Issiq holatda tortiladi

Flia, fli, fliya yoki flija (albancha noaniq shakl: fli) – shimoliy Albaniyaga va Kosovo oshxonasiga xos albancha taom[1][2][3]. U qaymoq surtilgan bir nechta krepga oʻxshash qatlamlardan iborat boʻlib, achchiq qaymoq va sariyogʻ bilan tortiladi. Nomining maʼnosi „qurbonlik“ deganidir (qarang: fli). Flia quyosh shaklida (albancha Dielli) tayyorlanadi va unda quyosh nurlari ham tasvirlanadi[4].

17-mart – anʼanaviy alban bayramlaridan boʻlgan Verëza (bahorgi tengkunlik) doirasiga kiruvchi sana – „Flia kuni“ sifatida eʼtirof etiladi, bu kuni oilalar qarindoshlarini flia tayyorlash va yeyish uchun mehmonga chaqirishadi[5]. Flia albaniyaliklar tomonidan Verëza bayramida quyosh xudosiga qurbonlik sifatida tayyorlana boshlangan, deb taxmin qilinadi[4].

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flia uchun juda oddiy masalliqlar kerak boʻlsa-da, uni tayyorlash ancha uzoq vaqt oladi. Masalliqlar: un, suv, sariyogʻ, yogurt, tuxum, yogʻ va tuz. Baʼzi turlarida ichiga toʻldirish sifatida qaymoq ishlatiladi[6]. Asosiy masalliqlar (un, suv va tuz) krep xamiriga oʻxshaguncha aralashtiriladi. Flija shirin taom emas, balki odatda tushlik yoki kechki ovqatda yeyiladigan shoʻr asosiy taomdir. Xamir qatlamlari pishirish uchun ishlatiladigan sferik metall qopqoq – sač yordamida pishiriladi[7].

  1. „Facebook“. Facebook.
  2. „Kosovo Guide“. 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-mart.
  3. „Kosovo Pastry dishes“. 2013-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Flija, mbretëresha e kuzhinës shqiptare që simbolizon diellin në Ditën e Verës“ [Flija, the Queen of Albanian Cuisine that Symbolizes the Sun on Summer's Day] (sq). KultPlus. Qaraldi: 2024-yil 6-dekabr.
  5. „Albanian Flija | Albanian Pancake“ (en-GB). My Albanian Food (2017-yil 26-fevral). Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  6. „Albanian Flija | Albanian Pancake“ (en-GB). My Albanian Food (2017-yil 26-fevral). Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
  7. „Flija | Traditional Pancake From Albania | TasteAtlas“. www.tasteatlas.com.