Fleshka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

USB Flash Drive („fleshka“) — kompyuter uchun tashqi axborot va ma’lumotlarni tashuvchi qurilma turi. Fleshka turli koʻrinishda boʻlib, asosiy farqi dizayni, sigʻimi, interfeys turi va qoʻshimcha imkoniyatlarida koʻrinadi. Sigʻim jihatdan — fleshkalar xilma-xil. Hozirgi kunda 1 Gbdan, 32 Gb va undan katta sigʻimli fleshkalar mavjud.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flesh-xotirani (ing. Flash-Memory) „Toshiba“ kompaniyasi mutaxassisi Fudzi Masuoka[1]. 1984-yilda yaratgan. Uning nomini hamkasbi Syodzi Ariizumi oʻylab topgan — u fleshkadagi axborotni oʻchirish jarayoni unga fotoapparat chaqnagichini eslatgani uchun „chaqmoq“ — „flesh“ nomini taklif etgan. Hozirda „A-DATA“, „Kingston“, „Transcend“ fleshkalari mashhur boʻlsa, oʻz vaqtida „Intel“, „Samsung“ va „Toshiba“ bu qurilmaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari boʻlgan.

Xususiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosan fleshka sigʻimining kattaligi, ixchamligi, elektr energiyasi talab qilmasligi, yuqori tezlikda axborot uzatishi, mexanik va elektromagnit taʼsirlardan himoyalanganligi va universalligi, har qanday kompyuterga, televizor, audio-videopleyerga tushaveradi bilan tavsiflanadi.

Ishlash muddati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu qurilma maʼlumotlarni avtonom ravishda 5-yilga qadar saqlaydi. Eng yaxshi namunalari uzogʻi bilan 10-yil ishlashi mumkin.

USB-interfeys standarti[tahrir | manbasini tahrirlash]

USB-interfeysning uchta standarti mavjud:

  • USB 1.0,
  • USB 1.1
  • USB 2.0.

Asosiy farqi — maʼlumotlarni uzatish tezligida. USB 1.1 da oʻqish tezligi 600-800 Kb/s, yozish tezligi esa, 500-700 Kb/s ni tashkil qiladi. Yaʼni, bunday fleshkaga 32 Mb li axborotni yozishga taxminan 45-55 sekund, 512 Mbli multfilmni yozish uchun esa, 19-20 daqiqa vaqt ketadi. Hozirda kompyuterlarda asosan USB 2.0 interfeysi mavjud, ularda maʼlumotuzatish tezligi ancha yuqori.

USB Flash — tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fleshkalar — aslida sodda tuzilishga ega qurilma. Ular quyidagi qismlardan iborat boʻladi: - PCB platasi; - USB-raz’yom; - kontroller va flesh ozuqasi stabilizatori; - kontroller mikrosxemasi; - energiya talab qilmaydigan NAND-xotira mikrosxemasi; - kvarsli rezonator.

PCB[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu — koʻp qatlamli bosma plata, fleshkaning barcha elementlari unga oʻrnatiladi (kompyuterning ona platasiga oʻxshaydi). Fleshkani shikastlanishini qanday bilish mumkin? Fleshka bir ishlab, bir ishlamay qoladi.

USB-raz’yom[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu — fleshkaning „tilcha“si. Unda sifatsiz kavsharlanish natijasida, shuningdek, qoʻpollik bilan ishlatish tufayli uzilishlar boʻlishi mumkin. Buning oqibatida kompyuter fleshkani tez-tez „koʻrmay“ qoladi.

Stabilizator[tahrir | manbasini tahrirlash]

U — kompyuterdan kelayotgan kuchlanishni kontrollerva flesh-xotira uchun yetarli boʻlgan kuchlanishga aylantirib, bir maromda ushlab turadi. Baʼzi fleshkalarda boʻlmaydi yoki kontrollerning ichiga oʻrnatilgan boʻladi. Stabilizator ishdan chiqsa, fleshka yo umuman aniqlanmaydi, yoki „nomaʼlum qurilma“ sifatida koʻrinadi. USB-raz’yomning qutblari almashib qolganda ishdan chiqadi.

NAND mikrosxema[tahrir | manbasini tahrirlash]

Energiya talab qilmaydigan xotira. Eskirganligi yoki boshqa sabablarga koʻra uning baʼzi bloklari shikastlanadi. Natijada yozish va oʻqish imkonsiz boʻlib qoladi. Qayta formatlash orqali tuzatsa boʻladi, lekin fleshkaning umumiy sigʻimi kamayadi.

Kontroller[tahrir | manbasini tahrirlash]

NAND-xotira va maʼlumotlar uzatishni boshqarish mikrosxemasi. Unda NAND-xotira, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlar va fleshka ishlashi uchun zarur boshqa axborotlar saqlanadi. Fleshka kompyuterdan notoʻgʻri chiqarib olinsa ishdan chiqadi. Kontroller buzilganligini fleshka nomaʼlum qurilma sifatida koʻrinishidan, uning xotirasi juda kam yoki umuman nol boʻlib koʻrinayotgandan bilsa boʻladi.

Kvarsli rezonator[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kontroller va flesh-xotira faoliyati uchun asos boʻluvchi chastotani shakllantiradi. Uning ishdan chiqishi juda kam uchraydi, lekin shunday boʻlsa, fleshkani kompyuter umuman „koʻrmaydi“ yoki „nomaʼlum qurilma“ sifatida qabul qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]