Filtrlovchi protivogaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanoat filtrlovchi protivogazlari — qishloq xoʻjaligi va sanoatning turli soxalaridagi ishchilarining nafas olish va koʻrish aʼzolarini xavo tarkibidagi zaxarli gazlar, parlar, chang, tuman va tutundan shaxsiy ximoya qilish vositasidir. Filtrlovchi protivogazlar faqat xavodagi kislorodning xajmiy miqdori 18 % dan kam boʻlmagan va zaxarli moddalar miqdori 0.5 % dan koʻp boʻlmagan xollardagina qoʻllanishi mumkin. FILRLOVChI PROTIVOGAZLARNI XAVODA ERKIN KISLOROD MIQDORINING YeTIShMOVChILIGI MUMKIN BOʻLGAN ShAROITLARDA QOʻLLASh TAЪQIQLANADI. (masalan sisternalar, yomkostlar, quduqlar, izolyatsilangan joylar va shunga oʻxshashlar.) Protvogaz tayyor korobka, gofer trubkali yuza qismi va sumkadan iborat boʻladi. Korobka odam tomonidan olinayotgan nafas xavosini zaxarli aralashmalardan tozalash uchun xizmat qiladi. Zaxarli moddalar tarkibiga qarab korobka bir yoki bir nechta maxsus yutuvchi yoki yutuvchilarni va aerozol filtriga ega boʻlishi mumkin. Korobkalar qoʻllanishiga qarab maxsus ajratilgan: ular qoʻllanish talabiga koʻra yutuvchilarning tarkibi bilan va tashqi koʻrinishga koʻra maxsus ranglar va markirovkalar bilan farqlanadi. Xar bir turdagi korobkaga GOST 12.4.034-78 ga binoan shartli belgilar qoʻyiladi.

  • Aerozol filtrli korobkalar uchun — FU-13
  • Aerozol filtrsiz korobkalar uchun — FG-13

Foydalanilgandan soʻng shlem maskaning ichki yuzasi 2 %li spirt formalin eritmasida artiladi va quritiladi. Toza va quruq, salqin joyda, maxsus tokchalarda yoki ish joyidagi shkaflarda saqlanadi. Isitish tizimlari va qiziydigan asboblardan uzoqda saqlash kerak.