Filippin 1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
| Filippin 1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida | |
|---|---|
|
| |
| XOK kodi | PHI |
| MOQ | Filippin Havaskor Atletika Federatsiyasi (PAAF) |
| Parij, Fransiya 1924-yil 4-may – 1924-yil 27-iyul | |
| Sportchilar | 1 (1 erkak) 1 sport turi boʻyicha |
| Bayroqdor | David Nepomuceno |
| Rasmiylar | 2 |
| Medallar |
|
| Yozgi oʻyinlar | |
| 1924 • 1928 • 1932 • 1936 • 1948 • 1952 • 1956 • 1960 • 1964 • 1968 • 1972 • 1976 • 1984 • 1988 • 1992 • 1996 • 2000 • 2004 • 2008 • 2012 • 2016 • 2020 • 2024 • | |
Filippin 1924-yil 4-maydan 27-iyulgacha Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Bu mamlakatning Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi debyut ishtiroki boʻlgan. Filippin, shuningdek, butun Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari orasida Yozgi Olimpiadada ishtirok etgan ilk mamlakat hisoblanadi. Delegatsiya tarkibida sprinter David Nepomuceno hamda ikki nafar rasmiy shaxslar attashe B. Minelle hamda murabbiy va ijrochi ofitser Regino Ylanan bor edi. Yana ikki nafar sportchi Fortunato Catalon va Juan Taduran ham oʻyinlarda ishtirok etishi kerak edi, ulardan Catalon Parijga yetib kelgan boʻlsa-da, musobaqada qatnashmagan, Taduran esa yelka suyagini sindirib olganligi sababli musobaqada ishtirok eta olmagan. Biroq shunga qaramay, Taduran delegatsiya tarkibida Filippin vakili sifatida oʻyinlarga tashrif buyurgan.
1918-yilda Filippin Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasiga aʼzo boʻlganidan keyin mamlakat uchun 1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga jamoa yuborish majburiy edi. Gavayi havaskor atletika uyushmasi (HAAU) Filippinga taklif yuborib, uni Gavayi jamoasi orqali AQSh Olimpiya jamoasi tarkibiga qoʻshilish imkoniyatini berdi, chunki Havaskor atletika uyushmasi (AAU) HAAUga sport masalalarini boshqarish boʻyicha Filippin ustidan vakolat bergan edi. Biroq keyinchalik Filippin havaskor atletika federatsiyasi (PAAF) kotibi Camilo Osías HAAUga xat yoʻllab, bu taklifni rad etdi. U oʻz maktubida Filippin HAAU emas, balki PAAF homiyligida va Uzoq Sharq Atletika Assotsiatsiyasi (FEAA) aʼzosi sifatida Olimpiadada qatnashishini taʼkidladi.
Oʻyinlarning ochilish marosimidan avval Fransiya Olimpiya qoʻmitasi PAAF oʻsha paytda Amerika Olimpiya assotsiatsiyasiga biriktirilgani sababli Millatlar paradi vaqtida, shuningdek, oʻyinlarda sovrindor boʻlgan taqdirda taqdirlash marosimida Filippin bayrogʻi bilan bir qatorda AQSh bayrogʻi ham koʻtarilishi kerak degan qarorga keldi. Shunga oʻxshash maqomga ega boshqa davlatlar bunday tartibga rioya qilishlari shart boʻlmaganligi sababli bayroqdor sportchilar Nepomuceno va Catalon bu qarorga norozilik bildirdi, biroq ularning fikri qabul qilinmadi. Nepomuceno yengil atletika boʻyicha ikkita yoʻnalishda – erkaklar oʻrtasida 100 va 200 metrga yugurish boʻyicha bahslarda ishtirok etdi, biroq sportchi ikkala yoʻnalishda ham dastlabki bosqichdan oʻta olmadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havaskor Atletika Ittifoqi (AAU) tarkibidagi hududiy tashkilot boʻlgan Gavayi havaskor atletika uyushmasi (HAAU) AQShning orollardagi hududlari, jumladan, Filippin ustidan ham vakolatga ega edi. Shu sababli, Filippin sportchilari Olimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishi uchun HAAU orqali ishtirok etib, AQSh jamoasiga kirishi lozim edi[1][2]. 1918-yilda Filippin Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasiga (XOQ) aʼzo boʻldi va 1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga ushbu mamlakatdan ham sportchilar yuborilishi kerakligi belgilab qoʻyildi[3]. HAAU oʻyinlarda Filippinni AQSh jamoasi tarkibida ishtirok etish uchun Gavayi jamoasiga qoʻshilishga taklif qildi. HAAU kotibi Ellen Fullard-Leo Filippin faqatgina HAAU orqaligina oʻyinlarda ishtirok etishi mumkin, aks holda mamlakat musobaqaga oʻz jamoasini yubora olmaydi, deb hisoblagan[2]. Hatto 1923-yilga kelib ham amerikalik sport sharhlovchilari sprinter Fortunato Catalon va koʻpkurashchi Juan Taduran 1924-yilda AQShning Cambridge shahridagi Garvard stadionida oʻtkazilgan Olimpiya saralash musobaqalarida qatnashishi kutilayotganini yozgan[4][5].
PAAF kotibi Camilo Osías 1924-yil 21-yanvarda HAAUga maktub yuborib, PAAFning HAAU tarkibida ishtirok etish istagi yoʻqligini bildirdi[1]. Maktubga koʻra, mamlakat Olimpiya oʻyinlarida HAAUdan alohida mustaqil subyekt sifatida qatnashish huquqiga ega edi, chunki PAAF Uzoq Sharq sport assotsiatsiyasi aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, xatda mamlakat Olimpiya oʻyinlarida FEAA vakili va XOQ aʼzosi Kanō Jigorō orqali qatnashish uchun ariza topshirishi aytib oʻtilgan[1]. Shundan soʻng mamlakatning Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki oʻsha davrdagi PAAF prezidenti va Senat raisi Manuel L. Quezon rahbarligida tashkil etildi[6], biroq PAAF mamlakatning Milliy Olimpiya qoʻmitasi sifatida keyinchalik 1929-yilda rasman tan olingan[7][8][9].
1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari 1924-yilning 4-mayidan 27-iyuliga qadar Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtdi[10]. Ushbu musobaqa Filippin uchun dastlabki Olimpiada oʻyinlari hisoblanadi, shuningdek, Filippin Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari orasida Olimpiadada qatnashgan birinchi mamlakat hamdir[11].
Delegatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun dastlabki 3 nafar sportchi sifatida Catalon, Taduran va sprinter David Nepomuceno tanlab olingan edi. Filippin olimpiya assotsiatsiyasi Nepomuceno va Catalonni „jahon darajasidagi sportchilar“ deya baholagan[12]. Catalon va Taduran bir qancha Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarida oltin medal sohibi boʻlgan, bu oʻyinlarda Catalon 10 ta, Taduran esa 2 ta medalni qoʻlga kiritgan[13][14]. PAAF Olimpiadada ishtirok etadigan sportchilarni tanlab olish uchun 1924-yil 5-may kuni Manilada saralash musobaqalarini oʻtkazdi. Saralash oʻyinlarida Nepomuceno va Catalon 100 yard masofani 9.45 soniyada yugurib oʻtishdi va Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Ularning natijalari oʻsha davrda Jack Donaldsonga tegishli boʻlgan jahon rekordidan atigi beshdan bir soniyaga pastroq edi[6][15]. Catalon va Nepomuceno oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun Manilada mashgʻulot olib bordi[16]. Catalon erkaklar oʻrtasida 100 metr[17] va 200 metr masofaga yugurish bahslarida, Taduran esa erkaklar oʻrtasida oʻnkurash bahsi boʻyicha ishtirok etishi kerak edi[18]. Biroq yakunda Nepomuceno musobaqada ishtirok etgan yagona sportchi boʻlib, u erkaklar oʻrtasida 100 metr va 200 metrga yugurish boʻyicha bahs olib borgan[19].
Oʻyinlar boshlanishidan 3 hafta oldin Taduran amerikalik askarlar (G. I.) bilan futbol oʻyinida yelka suyagini shikastlab oldi. Shu sababli u musobaqada qatnasha olmadi, biroq shunday boʻlsa-da, mamlakat vakili sifatida Olimpiadaga tashrif buyurdi[20]. 33 kunlik dengiz sayohati orqali Fransiyaning Marsel shahriga yetib kelib, u yerdan poyezdda Parijga yoʻl olgan Nepomuceno va Catalon ochilish marosimidan 1 hafta oldin mashgʻulotlar uchun yetib kelishdi[21][22]. „Manila Bulletin“ gazetasi muxbiri Rey Vergilio Lachica oʻz xabarida Nepomucenoni safardan soʻng „butunlay holdan toygan“ deya taʼriflagan[23]. Catalon esa Parijga kelganiga qaramay, na ochilish marosimida va na musobaqalarda ishtirok etdi[13]. Safardan keyin jurnallardan birida Nepomucenoning quyidagi soʻzlari keltirilgan edi:
„Sana yung mga susunod sa akin ay hindi maranasan ang naranasan ko“.[23] (tarjimasi: „Umid qilamanki, mendan keyin keladiganlar men boshimdan kechirgan narsalarni boshdan kechirmaydilar“.)
1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi Filippin delegatsiyasining yakuniy tarkibi 4 kishidan iborat edi. Ular Nepomuceno[24], Taduran[20], attashe B. Minelle, ijrochi ofitser hamda Nepomucenoning yengil atletika boʻyicha murabbiyi Regino Ylanan[25][24].
Ochilish marosimi va bayroq koʻtarish boʻyicha qaror
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Millatlar paradidan oldin Fransiya olimpiya qoʻmitasi (CNOF) paradda va sportchilarni taqdirlash marosimida koʻtariladigan bayroqlarni belgilab olishi kerak edi. PAAF esa hali ham Amerika olimpiya assotsiatsiyasiga (AOA) bogʻlangan edi[2]. Shundan keyin bu masala AQSh elchixonasiga yoʻnaltirildi, u yerda CNOF tomonidan bayroqlarni koʻtarish boʻyicha qabul qilinadigan har qanday qaror AQSh tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanishi maʼlum qilindi[21][26].
CNOF parad vaqtida hamda sovrindor sifatida sportchilarni taqdirlash marosimida shohsupaga chiqqan taqdirda AQSh bayrogʻi Filippin bayrogʻidan yuqorida hilpirashi kerak, degan qarorga keldi. Bu qaror PAAFga telegraf orqali, oʻyinlarda ishtirok etayotgan ikki sportchiga esa ogʻzaki tarzda yetkazildi. Catalon va Nepomuceno bu qarorga eʼtiroz bildirdi va Kanada hamda Irlandiya jamoalari ishtirokini bunga misol tariqasida keltirdi. Ularning fikricha, bu jamoalar oʻz mamlakati bayrogʻi yonida Buyuk Britaniya bayrogʻini koʻtarishga majbur boʻlishmagan. Catalon va Nepomuceno agarda mukofot olish uchun shohsupaga koʻtarilgan taqdirda ham faqatgina Filippin bayrogʻi koʻtarilishini talab qildi[27]. Nepomuceno bunga qoʻshimcha sifatida millatlar paradi vaqtida har ikkala bayroqni koʻtarish uning uchun juda ogʻirlik qilishini aytdi. Shuningdek, agar qaror oʻz kuchida qoladigan boʻlsa, AQSh bayrogʻi Filippin bayrogʻidan kichikroq boʻlishini ham soʻradi, biroq CNOF 15-iyun kuni ushbu talabni rad etdi[28]. Filippin delegatsiyasi 5-iyul kuni ochilish marosimidagi Millatlar paradida ishtirok etgan 42 mamlakat orasida 36-oʻrinda maydonga chiqdi[24][26], yakunda Nepomuceno Filippin delegatsiyasi nomidan har ikkala bayroqni ham koʻtardi, Ylanan esa unga hamrohlik qildi[11][2].
Yengil atletika
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Izoh – Sportchiga berilgan o‘rin faqatgina ushbu sportchi qatnashgan saralash guruhi doirasida hisoblanadi.
- DNS (Did Not Start) = Boshlamagan.
- ? = Vaqti nomaʼlum.

Yengil atletika boʻyicha musobaqalar Stade de Colombes stadionida boʻlib oʻtdi[24]. Nepomuceno dastlab 6-iyul kuni erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish bahsida ishtirok etdi va 6-saralash guruhidan oʻrin oldi. Oʻz guruhidagi 6 nafar ishtirokchi orasida sportchi oxirgi boʻlib marraga yetib keldi va uning qayd etgan natijasi keyingi bosqichga oʻtish uchun yetarli boʻlmadi. 7-iyul kuni Buyuk Britaniya vakili Harold Abrahams ushbu yoʻnalishda oltin medalni qoʻlga kiritdi va 10.6 soniya natija bilan Olimpiada rekordini oʻrnatdi[29].
Nepomuceno keyingi kuni yaʼni 8-iyulda erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish bahsida ham ishtirok etdi va 15-saralash guruhidan joy oldi. Sportchi oʻz guruhidagi 3 nafar ishtirokchi orasida oxirgi boʻlib finish chizigʻini bosib oʻtdi va uning koʻrsatgan natijasi yana keyingi bosqichga oʻtish uchun yetarli boʻlmadi. 9-iyul kuni amerikalik atlet Jackson Scholz ushbu yoʻnalishda oltin medalni qoʻlga kiritdi va 21.6 soniya natija qayd etgan holda Olimpiya rekordini oʻrnatdi[30].
| Sportchi | Yoʻnalish | Saralash | Chorak final | Yarim final | Final | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Natija | Reyting | Natija | Reyting | Natija | Reyting | Natija | Reyting | ||
| David Nepomuceno | Erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish | ? | 6 | Keyingi bosqichga oʻta olmagan | |||||
| Erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish | ? | 3 | Keyingi bosqichga oʻta olmagan | ||||||
| Fortunato Catalon | Erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish | DNS | Keyingi bosqichga oʻta olmagan | ||||||
| Erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish | DNS | Keyingi bosqichga oʻta olmagan | |||||||
| Sportchi | Yoʻnalish | 100 m | Uzunlikka
sakrash |
Yadro uloqtirish | Balandlikka sakrash | 400 m | 110H | Disk uloqtirish | Langarchoʻpga
tayanib sakrash |
Nayza uloqtirish | 1500 m | Final | Reyting |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Juan Taduran | Natija | DNS | |||||||||||
| Ochko | |||||||||||||
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan keyin yuqoridagi 3 nafar sportchidan hech biri Olimpiada oʻyinlarida boshqa ishtirok etmagan boʻlsa-da, ular keyingi Sharqiy Osiyo chempionatlarida turli medallarga sazovor boʻldi. Nepomuceno 1925-yilgi Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarida 100 metrga yugurish bahsida kumush, 200 metrga yugurish boʻyicha esa oltin medalni qoʻlga kiritdi. Catalon esa aksincha, 100 metrga yugurish bahsida oltin, 200 metrga yugurish bahsida kumush medalga sazovor boʻldi[12][13]. Taduran oʻnkurash bahslarida oltin medalga, 800 metrga yugurish boʻyicha bronza medaliga ega chiqdi[14]. Catalon yengil atletika boʻyicha eng muvaffaqiyatli sportchiga aylandi[13], Taduran 1925-yilgi musobaqada gʻalaba qozondi va shu orqali oʻyinlar tarixida ketma-ket 3 marta oʻnkurash bahslarida zafar quchgan yagona sportchi boʻldi[31]. Nepomuceno esa undan keyingi musobaqalarda yana medalga ega chiqqan yagona sportchi boʻlib, 1927-yilgi Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarida 100 metrga yugurish boʻyicha oltin, 200 metrga yugurish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi[12].
Sportdagi faoliyatini yakunlagach, Nepomuceno Filippin Skautlari va AQSh harbiy dengiz kuchlari safida xizmat qildi[32], Catalon yengil atletika boʻyicha start beruvchi hakam sifatida faoliyat yuritdi[14], Taduran esa milliy beysbol jamoasiga murabbiylik qildi[33].
2024-yil 11-avgust holatiga koʻra, Filippin 1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan keyin 1980-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan tashqari barcha Yozgi Olimpiadalarda ishtirok etgan, chunki oʻsha paytda ular Afgʻonistonga Sovet bosqiniga javoban boykot eʼlon qilgan[34]. Suzuvchi Teófilo Yldefonso 1928-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida musobaqa medaliga ega chiqqan ilk filippinlik sportchiga[35], ogʻir atletikachi Hidilyn Diaz esa 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ilk marotaba oltin medalga sazovor boʻlgan ilk mamlakat vakiliga aylangan[36]. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari yakuniga koʻra, Filippin jamoasi jami 3 ta oltin, 5 ta kumush va 10 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan[37].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Philippine Islands Not to Join in“. Honolulu Star-Advertiser (1924-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 11-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Cruz. „Back in Paris: 100 years of Philippines' participation in the Olympics“. Rappler (2024-yil 29-iyun). 2025-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 11-may.
- ↑ Satumbaga-Villar. „Year 100: Pinoy Athletes Come Full Circle in Paris Games“. Manila Bulletin (2024-yil 24-iyul). 2025-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 11-may.
- ↑ „Catalon Hero at Home“. Springfield Evening Union (1923-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 6-may.
- ↑ Swartsfager. „Catalon and Taduran, Filipino Stars, Most Brilliant Athletes of Isles“. Pittsburgh Post-Gazette (1923-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 6-may.
- ↑ 6,0 6,1 „Two Filippinos Did 100 Yards in 9.45 Sec“. The Boston Globe. Associated Press (1924-yil 5-may), s. 13.
- ↑ Ybiernas. „100 years of Philippine Participation in the Summer Olympics: Some Historical Side Notes“. The Manila Times (2024-yil 9-avgust). 2025-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-aprel.
- ↑ „History of the Philippine Olympic Committee“. Philippine Olympic Committee. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ Blanco 2024.
- ↑ „Paris 1924: The Olympic Games Come of Age“. International Olympic Committee. 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ 11,0 11,1 Maningat. „The Chosen Ones: Meet Some of Philippines' Proud Flagbearers in Olympic Games“. One Sports (2023-yil 12-iyun). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 „Nepomuceno, David“. Philippine Olympian Association. 2024-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-avgust.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 „Catalon, Fortunato“. Philippine Olympian Association. 2024-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 „Juan Taduran Biographical information“. Olympedia. 2024-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-avgust.
- ↑ Nelson. „John (Jack) Donaldson (1886–1933)“. Australian Dictionary of Biography. 2024-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-aprel.
- ↑ Tompkins. „Philippine Sports“. Pasadena Star-News (1924-yil 12-iyun). Qaraldi: 2025-yil 12-may.
- ↑ „American Runners at Olympics Will Not Have to Fight One Another — Paddock Meets Tough Competition.“. Spokane Daily Chronicle. Associated Press (1924-yil 3-iyul), s. 1. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ „Philippines at the 1924 Summer Olympics“. Olympedia. 2024-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ Clarito. „Philippines at the Olympics: Dozen Steps Back in History“. Rappler (2021-yil 10-iyul). 2022-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ 20,0 20,1 Myrick, Jeff. „Just an Olympic Diehard“. Garden City Telegram (1984-yil 28-iyul), s. 10. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
- ↑ 21,0 21,1 „The Stars and Stripes First“. The Kansas City Times (1924-yil 15-iyun), s. 11. Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
- ↑ Henson. „No Opening Parade in Paris“. Philippine Star (2024-yil 16-may). 2024-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 23,0 23,1 Lachica. „David Nepomuceno, 1st Filipino Olympian, Smiling Sweetly From Heaven“. Manila Bulletin (2024-yil 11-iyul). 2024-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 24,0 24,1 24,2 24,3 French Olympic Committee 1924.
- ↑ Iñigo, Manolo. „Ylanan Legacy a Tough Act to Follow“. Philippine Daily Inquirer (2001-yil 7-sentyabr). 2018-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ 26,0 26,1 „Flagbearers for 1924 Summer Olympics“. Olympedia. 2025-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-may.
- ↑ „Stars and Stripes to be Carried Above Philippine Standard“. The Cincinnati Enquirer (1924-yil 16-iyun). Qaraldi: 2025-yil 12-may.
- ↑ „Stars and Stripes Ordered Flown by Filipino Athletes“. The Des Moines Register (1924-yil 15-iyun), s. 6. Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
- ↑ „100 Metres, Men“. Olympedia. 2024-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ „200 Metres, Men“. Olympedia. 2024-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ Iñigo. „RP Hall of Fame Finally Gets Going“. Inquirer Sports (2008-yil 22-yanvar). 2008-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 23-may.
- ↑ „Far Eastern Olympic Opens This Month at Manila“. Singapore Free Press & Mercantile Advertiser (1934-yil 1-may). Qaraldi: 2025-yil 23-may.
- ↑ Ling & Austin 2010.
- ↑ Eusebio. „Filipino Olympian Medalists Throughout 100 Years of PH Participation“. GMA Integrated News (2024-yil 12-avgust). 2024-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 23-may.
- ↑ Limos. „Ilocano Shark: The War Hero Who Won the First Olympic Medal for the Philippines“. Esquire Philippines. 2025-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Dure. „Tokyo: Hidilyn Diaz Wins Philippines' First-ever Gold Medal“. NBC Olympics (2021-yil 26-iyul). 2025-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 23-may.
- ↑ „List: Golden Boy Carlos Yulo Joins Ranks of Philippines' Olympic Medalists“. GMA Integrated News (2024-yil 8-avgust). 2024-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 23-may.
Bibliografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Blanco, Dennis V. (March 5, 2024). "The Institutional Development of the Philippine Olympic Movement and the Current Rise of Its Olympic Athletes". International Journal of the History of Sport 41 (2–3): 247–281. doi:10.1080/09523367.2024.2340068.
- Ling, Huping; Austin, Allan W.. Asian American History and Culture: An Encyclopedia. Routledge, 2010. ISBN 9781315706306.
- (fr) Les Jeux De La VIII Olympiade, Paris, 1924 (Report). French Olympic Committee. 1924. Archived from the original on 2011-05-05. https://web.archive.org/web/20110505162957/http://www.la84foundation.org/6oic/OfficialReports/1924/1924.pdf. Qaraldi: June 28, 2024.