Filipp Yefremov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Filipp Sergeyevich Yefremov (1750, Vyatka — 1811 yildan soʻng vafot etgan) — rus sayyohi, Oʻrta Osiyo, Tibet va Hindiston boʻylab sayohat qilgan. Orenburg chegara rayonida xizmat qilayotganida (1774) qozoqlar asirga olib, Buxoroga keltirilgan. U Buxoro otaligʻi Doniyolbiy qoʻlida xizmat qilgan. Keyinchalik oʻnboshi, ellikboshi, yuzboshi qilib tayinlangan. Otaliqning Samarqand, Xiva va Eron yurishlarida qatnashgan. Keyinroq Qoʻqon xonligiga qochib oʻtgan. U yerdan Qashqar, Tibet, Kashmir orqali Hindistonga borgan. Inglizlar kemasida Kalkuttadan Afrika jan. orqali Angliyaga, u yerdan 1782 yilda SanktPeterburgga qaytib borgan. Keyinchalik Kavkaz, Ukraina va Gʻarbiy Sibirdagi bojxonalarda ishlagan. Ye. Oʻrta Osiyo, Tibet va Hindiston mamlakatlarining siyosiy tuzumi, tabiati, harbiy qudrati, aholisi, urf-odatlari va hayotiga oid sayohatnoma yozib ["Toʻqqiz yillik sayohat (1774—1782)"] 1786 y. Peterburgda nashr ettirdi. Unda koʻplab fors va oʻzbek soʻzlariga izoh bergan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Devyatiletneye stranstvovaniye, 5 izd. [pod. red. E. Murzayeva], M., 1952.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hasanov H., Xofizi Abru, Xaydar Mirza, Filipp Yefremov, T., 1964.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil