Figura
Bu maqolaga boshqa birorta maqoladan ishorat yoʻq. (Noyabr 2015) |
Figura (lot. fi gura — tashqi koʻrinish, obraz):
1) muayyan narsabuyumlarning tashki koʻrinishi, shakli;
2) inson tanasining koʻrinishi, qaddiqomat;
3) biror narsani harakat bilan bajarishda (rake, gimnastikada, konkida uchish va boshqalarda) bajaruvchi shaxs egallaydigan, paydo qiladigan holat, koʻrinish;
4) geometriyada — tekislikdagi nuqtalar toʻplami (chiziq, doira, burchak, kvadrat — yassi Figuralar) yoki fazodagi nuqtalar toʻplami (konus, kub, piramida — fazoviy Figuralar);
5) haykaltaroshlik, rassomlikda — inson yoki jonivorlarning xaykal yoki surat tarzidagi tasviri;
6) tilshunoslik va adabiyotshunoslikda — nutqning tasviriy ifodalari, iboralari — stilistik (uslubiy) Figuralar, mas, antiteza, inversiya, mubolagʻa va boshqa;
7) shaxmatda — piyodalardan boshqa donalar (shoq, fil, ot kabilar)ning; karta oʻyinida — katta qiymatli kartalar (valet, dama, shoh, tuz)ning umumiy nomi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |