Fideizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fideizm (lot. fi des — eʼtiqod) — eʼtiqod aql-idrokdan ustun turadi, deb taʼkidlovchi dunyoqarash. Teistik dinlarga xos. F. tarafdorlari fan faqat hodisalar, dalillarning ikkilamchi (fizik) sabablarini ochadi, u birlamchi (gʻayritabiiy) sabablarni ochib berishga, borliqni tushuntirishga qodir emas deb, fan va ilmiy bilishni cheklaydi, faqat din olamning mavjudligini chinakam izoxlab beradi, deb hisoblaydi. "F." soʻzining qoʻshimcha salbiy maʼnosi ham bor boʻlib, aqlidrokni ishlatishdan voz kechishni anglatadi.