Fibroma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fibroblastomadan yoʻnaltirildi)

Fibroma (fibrin va ... ota — oʻsma maʼnosini ifodalovchi qoʻshimcha), fibroblastoma — biriktiruvchi toʻqimadan yuzaga kelgan xavfsiz oʻsma. Tananing har qanday qismida uchraydi; oʻsishiga koʻra, diffuz F. va chegaralangan F. farq qilinadi. F.ning manbai fibroblastlardir. F. ning kechish davri va belgilari oʻsmaning oʻsish tezligi va joylanishiga bogʻliq. Ayrim vaqtlarda xavfli oʻsmaga aylanishi mumkin. Operatsiya yoʻli bilan davolanadi.