Fibrillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fibrillar (lot. fi brilla — tolacha, ipcha) — 1) hujayra sitoplazmasining harakatlanish yoki tayanch funksiyasini bajaradigan ipsimon strukturasi. F. protofibrillalardan tashkil topgan. Qisqaruvchi F. qisqaruvchi oqsil — aktin, muskul hujayralari — miozindan iborat. Qisqarish va boʻshashish jarayonida F. oʻz strukturasini oʻzgartiradi. Tonofibrillalar (ulardan ayrimlari keratinga ega) epiteliy hujayralarida koʻp boʻlib, hujayraning tarangligi va qattikdigini taʼminlaydi. Nerv hujayralari sitoplazmasidagi nitrofibrillalar nerv impulslarini utkazishda ishtirok etadi.