Fianitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Fianitlar — sirkoniy va gafniy oksidlari asosida olingan sintetik kristallar. 1972-yil sobiq SSSR Fanlar akademiyasi fizika instituti (FIAN)da yaratilgan (nomi shundan). F. tabiatda uchramaydi, kubik kristall panjaraga ega. F. rangsiz yoki aralashmalar taʼsirida turli ranglarga boʻyalgan boʻlishi mumkin. F.ning qattiqligi, erish trasi, kislota va ishqorlarning taʼsiriga turgʻunligi yuqori, nur sindirish koʻrsatkichi p=2,152,25, zichligi 6,5—10 g/sm3. F. zargarlik sanoatida sapfir, topaz, yoqut va hatto olmos kabi qimmatbaho toshlarning oʻrnini bosishi mumkin. F.dan yuqori trada ishlovchi optik linzalar va "tuynukadar yasaladi. F. lar lazer materiali sifatida ham ishlatiladi.