Fermi Enriko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

FERMI (Fermi) Enriko (1901.29.9, Rim — 1954.28.11, Chikago) — italyan fizigi. Milliy akademiya aʼzosi (1935). Piza universitetini tugatgan (1922). Gyottingen, Leyden, Rim, Florentiy universitetlarida ishlagan. Rim universiteti prof. (192638), AQShga koʻchib oʻtgan (1938), Kolumbiya universiteti prof. (193942), Chikago universiteti prof. (1942—45). LosAlamos lab. boʻlim boshligi (1944—45), Chikago yadro tadqiqotlari intida prof. (1946 yildan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, statistik mexanika, kosmik nurlar, yuqori energiyalar fizikasi, astrofizika va texnik fizikaga oid. F. yadro fizikasi, neytron fizikasi, kvant statistikasi, metallar fizikasi va boshqa yaratuvchilaridan biri; yadro energiyasini oʻzlashtirish amerika dasturi ishtirokchisi, Italiya va AQShda ilmiy maktab yaratgan. Nazariy va eksperimental fizikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Pauli prinsipiga boʻysunuvchi zarralar statistikasini ishlab chiqqan (1925, q. Fermi Dirak statistikasi), Remirilishning miqdoriy teoremasini yaratgan (1934), neytronlar tufayli sunʼiy radioaktivlikni va moddada neytronlarning sekinlashish hodisasini kashf etgan (1934). Nobel mukofoti laureati (1938).