Feodosiy i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feodosiy i, Buyuk (Theodosius) (taxminan 346—395) — Rim imperatori (379 yildan). 380 yil ortodoksal xristianlik hukmronligini oʻrnatgan, arianlar va majusiylarni quvgʻin qilgan. Uning davrida Olimpiya oʻyinlari (majusiylarga xos deb) bekor qilingan. Aleksandriya kutubxonasi va majusiylarning koʻplab ibodatxonalari yondirib yuborilgan.