Fenny Heemskerk
Fenny Heemskerk (1919-yil 3-dekabr, Amsterdam[1] — 2007-yil 8-iyun, Amersfort) — gollandiyalik ayol shaxmat ustasi. U FIDE xalqaro ayol usta (WIM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fenny Heemskerk ayollar shaxmat boʻyicha Gollandiya chempionatida oʻn marta gʻolib chiqqan (1937, 1939, 1946, 1948, 1950, 1952, 1954, 1956, 1958 va 1961-yillar). Fenny Heemskerk 1937-yilda boʻlib oʻtgan shaxmat musobaqasida Catharina Roodzantga qarshi oʻyinda 4,5:0.5 hisobida gʻalaba qozondi. Amsterdamda 1939-yilda tashkil etilgan shaxmat turnirlarida qatnashib, Sonja Graf bilan boʻlgan oʻyinda 0:4 hisobi bilan magʻlub boʻladi.
Fenny Heemskerk 1950-yilda Moskvada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni egalladi (Lyudmila Rudenko gʻalaba qozondi),[2] 1952-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan nomzodlar turnirida ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga daʼvogarlik qildi (Elizabet Bikova gʻalaba qozondi),[3] 1955-yilda Moskvadagi nomzodlar turnirida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi (Olga Rubtsova gʻalaba qozondi).[4] Fenny Heemskerk 1961-yilda Vrnjacka Banja shahrida boʻlib oʻtgan nomzodlar turnirida 15-16-oʻrinlarni egalladi (Nona Gaprindashvili gʻalaba qozondi).[5]
Fenny Heemskerk 1957-yilda Emmen shahrida boʻlib oʻtgan 1-Ayollar shaxmat Olimpiadasida ishtirok etdi, lekin otasi vafot etganligi haqidagi xabarni eshitgach, musobaqa boshlanganidan atigi ikki kund oʻtib keyin oʻyinlarni tark etishga majbur boʻldi.[6]
Xemskerk 1950-yilda Xalqaro Ayol ustasi (WIM) unvoni va 1977-yilda Ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi[1]. U ritsarlik uvoni boʻlmish Orange-Nassau ordenga loyiq deb topildi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1940-yil yanvar oyida Fenny Heemskerk FIDE ustasi Villem Kumenga turmushga chiqdi[7] va tez orada qiz farzandli boʻldi. Nikoh 1944-yilda oʻz nihoyasiga yetdi.[8]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Gaige, Jeremy (1987), Chess Personalia, A Biobibliography, McFarland, 167-bet, ISBN 0-7864-2353-6
- ↑ „World Chess Championship (women) : 1949–50 Title Tournament“. Mark-weeks.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
- ↑ „World Chess Championship (women) : 1952 Candidates Tournament“. Mark-weeks.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
- ↑ „World Chess Championship (women) : 1955 Candidates Tournament“. Mark-weeks.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
- ↑ „World Chess Championship (women) : 1961 Candidates Tournament“. Mark-weeks.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
- ↑ „Je Maintiendrai - Chess.com“. Blog.chess.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
- ↑ „Huwelijk Nederlands schaakkampioene“. Tijdschrift van den Koninklijken Nederlandschen Schaakbond. 47-jild, № 1. 1940-yil yanvar. 30-bet.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam) - ↑ Hageman, Esther (27 June 2007) Fenny Heemskerk 1919-2007. trouw.nl