Faza tezligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faza tezligi — monoxromatik, yaʼni garmonik toʻlqin fazasining fazoda koʻchish tezligi. Faza tezligi toʻlqin muhitda tarqalganida turli chastotalarda qar xil boʻladi (dispersiya hodisasi). Shu sababli Faza tezligi tushunchasini nomonoxromatik toʻlqinlar uchun qoʻllab boʻlmaydi. Bu qolda guruh tezligi va toʻlqin fronti tezligi tushunchalari qoʻllaniladi. Dispersiya boʻlmagan holda (mas, elektromagnit toʻlqinlarning boʻshlikda tarqalishida) bu uchala tezlik oʻzaro teng boʻladi.