Faxriddin roziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Faxriddin roziy (toʻliq ism.i Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad bin Umar ibn alHusayn) (1149, Ray — 1209, Hirot) — mashhur kalom olimi va diniy falsafa namoyandasi. Ray va Marogʻada tahsil olgan. Shofiiy va ashʼariy olim sifatida faoliyat koʻrsatgan. Xorazm, Buxoro va Samarqandda yashagan. Gʻaznada (1185 yilgacha) va Hindistonning Panjob viloyatlarida faoliyat olib borgan, keyinchalik Hirotda yashagan. Hirotda uning uchun maxsus Madrasa taʼsis etilgan, shayxulislom laqabi bilan mashhur boʻlgan, qizgʻin mudarrislik faoliyatini olib borgan. Shu bilan birga uning koʻplab muxoliflari ham boʻlgan. Ular F.R.ni diniy falsafa, eʼtiqod va aqida borasidagi qarashlari uchun islom asoslariga putur yetkazganlik, dinni buzganlikda ayblaganlar. 1209 yilda karromiylar tashviqi bilan zaharlab oʻldirilgan.

F.R. ijodini 2 bosqichga boʻlish mumkin. Ibn Sinoning "Alishorat va ttanbehot" ("Ishoralar va tanbehlar") asariga sharh boʻlgan "Sharh ilishorat" asari ijodining ilk davriga oiddir. Uning "Munozarot ulalloma Faxriddin" ("Alloma Faxriddin munozaralari") asaridan Movarounnahr olimlari bilan turli masalalar boʻyicha qilgan munozara va mubohasalari oʻrin olgan. Metafizikaga oid "Kitobi Muhassal afkor almutaqaddimin val mutaaxxirin" ("Oldingi va zamondosh olimlar fikrlaridan namunalar", Qohira, 1938) va Qurʼon tafsiri boʻlgan "Mafotih ulgʻayb" ("Gʻayb sirlarini ochuvchi", Qohira, 1932) ijodining keyingi davriga oid asarlaridir. Mazhab masalalariga bagʻishlangan "Manoqib alimom ashShofiiy" ("Imom Shofiiy manoqibi"), fiqh masalalariga bagʻishlangan "Kitob almahsul" nomli, adabiyotshunoslikka doyr "Chahordah risola" ("Oʻn toʻrt risola", Tehron, 1340) va nujum ilmiga doyr qator asarlari uning qomusiy olim boʻlganligidan dalolat beradi. F.R.ning mashhur ensiklopedik asarlaridan biri "Jomeʼ ululum" ("Ilmlar toʻplami", T., 1915; Tehron, 1331) boʻlib, xorazmshoh Alouddin Takash iltimosiga binoan yozilgan. Ushbu asar oʻsha davr musulmon sharqidagi 60 fan haqida dastlabki maʼlumotlarni beradi. Muallif fanlarni naqliy (kalom, fiqh, mazxab, tafsir va h.k.) va akliy (tarix, grammatika, aruz, mantiq, fizika, algebra, musiqa, astronomiya, siyosat, davlat boshqaruvi va h.k.), furuʼiy (boshqa fanlardan hosil boʻluvchi) va asliy (asosiy) singari qismlarga boʻladi. Har bir fan asoslari Zga boʻlinib oddiydan murakkabga tamoyili asosida tushuntiriladi: oddiy asoslar (alusul alzohirot), murakkab asoslar (alusul almushkilot), takrorlash uchun savollar (alimtihonot). Bundan mazkur asarning boʻlajak podshoxdar uchun qoʻllanma sifatida yozilganligi koʻrinib turibdi. Asarlarining qoʻlyozmalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti, Qohira, Parij, Drezden shaharlaridagi kutubxonalar fondida saqlanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Naymov N ., Faxriddin Razi — Iz filosofskogo naslediya narodov Blijnego i Srednego Vostoka, T., 1972; Kulmatov N., Faxriddin Razi, Dushanbe, 1980.

Nodir Ramazonov.