Faxita binti Abu Tolib
| Faxita binti Abu Tolib فاختة بنت أبي طالب | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
bintu Abu Tolib milodiy 583-yil |
| Vafoti | 670 |
| Mashhur ishlari | Paygʻambar Muhammadning sahobasi va amakivachchasi |
| Boshqa nomlari | Hind |
| Turmush oʻrtogʻi | Hubayra ibn Abu Vahb |
| Bolalari |
|
| Otasi | Abu Tolib ibn Abdulmuttalib |
| Onasi | Fotima bint Asad |
| Turkum maqolalarning bir qismi |
| Islom |
|---|
Faxita bint Abu Tolib (arabcha: فاختة بنت أبي طالب), shuningdek, Hind nomi bilan ham tanilgan, asosan, arabcha Ummu Hani kunyasi bilan mashhur boʻlib, islom payg‘ambari Muhammadning amakivachchasi va sahobasi edi.
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faxita Abu Tolib ibn Abdulmuttalib va Fotima bint Asadning toʻngʻich qizi boʻlgan[1]:35,109[2]:196. U Alining opasi va paygʻambar Muhammadning amakivachchasi edi.
Nikohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]595-yildan avval yosh Muhammad Abu Tolibdan Faxitaga uylanish uchun ruxsat soʻragan, biroq Abu Tolib boy Banu Maxzum qabilasining aʼzosi boʻlmish Hubayra ibn Abu Vahbning muqobil taklifini qabul qilgan. Shunda Muhammad: „Amaki, nega meni chetga surib, uni Hubayraga turmushga berdingiz?“ — deb soʻragan. Abu Tolib shunday javob bergan: „Jiyan, ular bizning quda-andalarimiz, ulugʻ zotga ulugʻ zot tengdir“[1]:109. Bunday sirli javob Abu Tolibning Maxzum urugʻidan qarzdor boʻlganini anglatishi ham mumkin, ammo bunga sabab yosh Muhammadning puli yoʻqligi boʻlishi ham mumkin[3].
Faxitaning turmush oʻrtogʻi boʻlmish Hubayra shoir boʻlgan[4]:404,557 va dono, taʼsirchan shaxs deya taʼriflangan[4]:356. U va Faxitaning kamida 7 nafar farzandi, 3 qizi va 4 oʻgʻli boʻlgan. Ular: Hani (u orqali Faxita oʻzining Ummu Hani kunyasini olgan), Jaʼda, Yusuf, Umar[1]:110, Fulan[5], Aqla va Amr[manba kerak].
621-yilda Muhammad bir kecha Faxitaning uyida mehmon boʻlgan. Ertasi kuni tongda Muhammad unga tun davomida moʻjizaviy tarzda Quddusga, soʻng Jannatga safar qilganini aytgan. Faxita Quraysh ahli uning ustidan shunchaki kulishi mumkinligini aytib, buni hech kimga aytmaslikni qattiq iltimos qilgan. Biroq Muhammad bu maslahatga amal qilmagan[4]:184.
Islomni qabul qilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paygʻambar Muhammad 630-yil yanvarida Makkani fath etgach, Faxita musulmon boʻlgan[6]:417[2]:197. Hubayra islomni qabul qilishni istamagan, shuning uchun Makkadan qochib, nasroniy Najron shahridan panoh topgan[4]:557[6]:417-418. Natijada, Faxita taloq boʻlgan[1]:109. Paygʻambar Muhammad Faxitaga yana sovchi boʻlgan, biroq u yosh bolalari va yangi turmush oʻrtogʻining oldidagi huquqlarini birdek ado eta olmasligini aytib, bu taklifni rad etgan. Muhammad paygʻambar esa shunday javob bergan: „Tuya minadigan ayollar ichida eng yaxshisi Quraysh ayollaridir! Ular oʻz farandlariga shunchalar mehribon va erlarining mol-mulkiga shunchalar ehtiyotkordirlar![1]:109-110[7][2]:197“
Keyinroq Faxita Muhammad paygʻambarga bolalari ulgʻayganini va endi unga turmushga chiqishga tayyorligini aytgan. Biroq paygʻambar endi kech qolganini aytgan, chunki yangi kelgan vahiy unga Makka fathidan oldin Madinaga hijrat qilmagan biror bir amakivachchasiga uylanishni taqiqlaganini maʼlum qilgan[1]:110[2]:197.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faxitaning vafot sanasi nomaʼlum. Uning akasi Ali 661-yilda oʻldirilgan, Faxita esa akasidan koʻproq umr koʻrgan[8][9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 4 5 6 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir, vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.
- 1 2 3 4 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rasul waʼl-Muluk. Translated by Landau Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors. Albany: State University of New York University Press.
- ↑ Lings, M. (1983). Muhammad: his life based on the earliest sources, p. 33. Islamic Texts Society.
- 1 2 3 4 Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.
- ↑ Bukhari 1:8:353. Bukhari 4:53:396.
- 1 2 Muhammad ibn Umar al-Waqidi. Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R., Ismail, A., & Tayob, A. K. (2011). The Life of Muhammad. London & New York: Routledge.
- ↑ Muslim 31:6139, 6140, 6141.
- ↑ Tirmidhi 3:23:1841.
- ↑ Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Hawting, G. R. (1996). Volume 17: The First Civil War: From the Battle of Siffeen to the Death of ‘Ali, pp. 213-216, 226-227. Albany: State University of New York Press.