Kontent qismiga oʻtish

Fattush

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fattush
Turi Salat
Milliy oshxona Levant
Asosiy komponentlari Xubz, koʻkatlar, sabzavotlar
Sos: zaytun moyi, limon sharbati

Fattush (arabcha: فتوش‎; shuningdek fatush, fattoosh va fattouche) – Levant oshxonasiga oid salat boʻlib, qovurilgan yoki qizartirilgan xubz boʻlaklari aralash koʻkatlar va boshqa sabzavotlar, masalan, rediska, bodring va pomidor bilan tayyorlanadi[1][2]. Fattush Levant mintaqasidagi xalqlar orasida keng isteʼmol qilinadi[3][4].


Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fattūsh soʻzi arabcha fatt – „maydalash“ soʻzidan va turkiy -ūsh qoʻshimchasidan tarkib topgan. Bunday soʻz yasalishi Levant arabchasida keng tarqalgan.

Oxford English Dictionary maʼlumotiga koʻra, „fattoush“ soʻzining ingliz tilida eng birinchi qadimgi qaydi 1955-yilda Stevens Point Journal gazetasida uchraydi[5].

Tarixchi Nawal Nasrallahning yozishicha, fattushni eslatuvchi vegetarian tharid retseptlari X asr arab oshpazi Ibn Sayyar al-Warraqning kitobida uchraydi. Unda quritilgan va maydalangan non, bodring, ziravorlar va zaytun moyidan foydalanilgan[6][7].

Fattush fatta deb ataluvchi taomlar oilasiga mansub boʻlib, ularning barchasida quritilgan non asos qilib ishlatiladi[1][8]. Fattush tarkibida sabzavot va koʻkatlar boʻlib, ular fasl va taʼmga qarab turlicha qoʻshiladi. Bu salatda sabzavotlar odatda tabbouleh salatidagi kabi mayda emas, balki kattaroq boʻlaklarda kesiladi. Fattushga oʻziga xos nordon taʼm berish uchun odatda sumak ishlatiladi, ayrim retseptlarda esa sumak bilan birga anor sharbati ham qoʻshiladi.

Hududiy xilma-xillik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falastin oshxonasida fattush tayyorlash uchun sarimsoq, tuz, chili qalampiri va yangi rayhon barglari hovonchada eziladi, soʻngra koʻp miqdordagi limon sharbati va tahini, baʼzan yogurt bilan aralashtiriladi. Qovurilmagan pita nonining mayda boʻlaklari shu aralashmaga botiriladi va suyuqlikni shimib oladi. Keyin sabzavotlar qoʻshiladi va taom zaytun moyi bilan yakunlanadi. Falastin versiyasining oʻziga xos xususiyati shundaki, unda Livan versiyasidan farqli ravishda oq piyoz ishlatiladi. Iordaniyada ham shunga oʻxshash usul qoʻllaniladi, lekin tahini aralashmasi oʻrniga qurut ishlatiladi.

Fattush salati Arab–Isroil mojarosi doirasidagi oziq-ovqat siyosatida madaniy oʻzlashtirish haqidagi bahslarning tez-tez tilga olinadigan mavzusidir[9][10][11]. Fattushning „isroilliklarniki“ sifatida taqdim etilishi koʻpchilik tomonidan madaniy oʻzlashtirish sifatida baholanadi[12][13][14].

2025-yilda „Taste Atlas“ tomonidan eʼlon qilingan „Turkumlar boʻyicha 100 ta eng yaxshi taom“ roʻyxatida fattush foydalanuvchilar baholashiga koʻra salatlar turkumida 5-oʻrinni egalladi[15][16].

  1. 1,0 1,1 Wright, 2003, p. 241
  2. George, Maria. Mediterranean Cuisine: Flavors for a Healthier You (en). Christian Faith Publishing, Inc., 2019-08-29. ISBN 978-1-64515-991-9. 
  3. Hobby, Jeneen. Worldmark Encyclopedia of Cultures and Daily Life. University of Pennsylvania Press, 2009 — 60-bet. ISBN 9781414448909. 
  4. Edelstein, Sari. Food, Cuisine, and Cultural Competency for Culinary, Hospitality, and Nutrition Professionals. Jones & Bartlett Publishers, 2010 — 585-bet. ISBN 9781449618117. 
  5. „fattoush“. Oxford English Dictionary. Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  6. al-Warrāq, al-Muẓaffar Ibn Naṣr Ibn Sayyār. Annals of the Caliphs' Kitchens (en). BRILL, 26 November 2007 — 239-bet. ISBN 978-90-04-15867-2. Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr. 
  7. Nasrallah, Nawal „Salad With Toasted Pita Croutons from Delights from the Garden of Eden by Nawal Nasrallah“ (en). app.ckbk.com. Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  8. Claudia Roden, The New Book of Middle Eastern Food, 2008, p. 74
  9. „'Israeli' hummus is theft, not appropriation“. The New Arab (2017-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  10. „BDS bulletin: Reappropriating hummus for justice“. The New Arab (2019-yil 26-mart). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  11. Murray, Adriana „'Israeli American' Restaurants serving up traditional Arab dishes“ (en). Arab America (2016-yil 31-avgust). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  12. „Preserving a Palestinian Identity in the Kitchen“. The New York Times (2022-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  13. „New York Times Joins the Food War Against Israel“. The Algemeiner (2022-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  14. Campana, Melissa. „Why Instagram Is So Divided Over Ina Garten's Salad“. Mashed (2022-yil 2-avgust). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  15. „Antalya-style piyaz named one of World's Best Salads by TasteAtlas“ (en). Türkiye Today (2025-yil 22-aprel). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  16. Mazonakis, Stella. „Two Greek Salads Crowned World’s Best by Taste Atlas Greek City Times“. Greek City Times (2025-yil 15-aprel). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  • Wright, Clifford A.. information Title Little foods of the Mediterranean: 500 fabulous recipes for antipasti, tapas, hors d'oeuvre, meze, and more, Illustrated, Harvard Common Press, 2003. ISBN 1-55832-227-2.