Fotih Teshaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fattoh Teshaboyevdan yoʻnaltirildi)
Fattoh Gʻulomovich Teshaboyev
Фаттах Гулямович Тешабаев
 O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchisi
Mansab davri
1997-yil maydan – 2000-yil dekabrgacha
 O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi elchisi
Mansab davri
1993-yil noyabrdan – 1997-yil maygacha
 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
Mansab davri
1991-yil oktabrdan – 1997-yil maygacha
 O‘zbekiston SSR Prezidenti Devonining davlatlararo aloqalar bo‘limi mudiri
Mansab davri
1991-yil iyundan – 1991-yil oktabrgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-oktyabr 1939-yil (1939-10-18) (84 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Fattoh Gʻulomovich Teshaboyev ( 1939-yil 18-oktabr, Toshkent, OʻzSSR, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi2005, Toshkent, Oʻzbekiston ) — sovet va oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari (1991—1997).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

F.Teshaboyev 1939-yil 18-oktabrda Toshkent shahrida dunyoga keladi.   

U mehnat faoliyatini 1962-yilda boshlaydi: dastavval Toshkent Davlat universitetining hind filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi, so‘ngra O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodimi.

Fattoh Teshaboyev 19691984-yillarda SSSRning Hindistondagi elchixonasida mehnat faoliyatini amalga oshiradi. U katta iqtisodchidan Bombeydagi (Hindiston) SSSR do‘stlik jamiyatlari ittifoqining konsul va madaniy markazi direktori lavozimlari yo‘lini bosib o‘tadi.

U 1984-yildan O‘zSSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi instruktori lavozimida ishlaydi.  

Teshaboyev 19851989-yillarda – O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati prezidiumi raisi etib saylanadi. Shuningdek, u 1989-yil oktabrdan O‘zbekiston SSR Prezidenti Devonining davlatlararo aloqalar bo‘limi mudiri lavozimida ham faoliyat yuritadi.  


Fattoh Teshaboyev 1991-yil oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanadi va 1993-yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi, O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili etib tayinlanadi.

U 1997-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlanadi.  

Teshaboyev 20002004-yillarda BMT doimiy vakil maslahatchisi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori lavozimlarida faoliyat olib boradi.