Fatai Alashe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fatai Alashe
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdul-Fatai Alashe
Tavallud sanasi 21-oktyabr 1993-yil (1993-10-21) (30 yosh)
Tavallud joyi Southfield, Michigan, AQSh
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2011 Vardar SC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 Reading United 9 (1)
2014 Portland Timbers U23s 11 (2)
2015—2018 San Jose Earthquakes 85 (5)
2017Reno 1868 (ijara) 2 (0)
2018FC Cincinnati (ijara) 7 (1)
2019—2020 FC Cincinnati 14 (1)
2020 Columbus Crew 8 (1)
2021 Sacramento Republic 13 (0)
Milliy terma jamoa
2015—2016 AQSh U23 12 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-noyabr 2021-yil uchun)

Abdul-Fatai Alashe (1993-yil 21-oktyabrda AQShning Michigan shtati Sautfild shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, himoyachi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alashe San Jose Earthquakes safida

2015-yil boshida Abdul-Fatai Alashe „San Jose Earthquakes“ futbol klubiga 4 raqam ostida qoʻshilgan[1]. 8-mart kuni „Dallas“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 2-boʻlimida Matias Peres Garsiya oʻrniga maydonga tushgan Fatai MLSda debyut qildi[2]. 23-mart kuni „Chicago Fire“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „San Jose Earthquakes“ futbol klubi safida birinchi golini urdi[3]. 2015-yilgi mavsum yakunida Abdul-Fatai Alashe MLSda yilning eng yaxshi yangi futbolchisi mukofotiga nomzodlar roʻyxatidan joy olgan va natijada ikkinchi oʻrinni band etgan[4]. 2017-yilda Abdul-Fatai Alashe „San Jose Earthquakes“ futbol klubidan USLning „Reno 1868“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan.

2021-yil 24-martda Abdul-Fatai Alashe „Sacramento Republic“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[5]. U 30-aprelda 2021-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „Los Angeles Galaxy II“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Sacramento Republic“ futbol jamoasi safida debyut qildi[6]. 2021-yilgi mavsum oxirida Abdul-Fatai Alashening „Sacramento Republic“ futbol klubi bilan shartnomasi yakunlangan[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda 22 yoshgacha boʻlgan AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Abdul-Fatai Alashe Tulon turnirda ishtirok etgan.

2015—2016-yillarda AQSh Olimpiya terma jamoasi tarkibida Abdul-Fatai Alashe 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlarining futbol turniri saralash oʻyinlarida ishtirok etgan.

2016-yil yanvar oyida Abdul-Fatai Alashe Islandiya va Kanadaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga AQSh milliy terma jamoasiga chaqirildi, biroq jarohat olgani tufayli oʻyinlarda ishtirok eta olmagan[8].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Ochiq kubok MLS kubogi Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
San Jose Earthquakes 2015 28 2 1 0 - - 29 2
2016 28 3 1 0 - - 29 3
2017 17 0 1 0 0 0 18 0
2018 12 0 0 0 - - 12 0
FC Cincinnati 2019 11 1 2 1 0 0 13 2
2020 3 0 - - 0 0 3 0
Columbus Crew 2020 0 0 - - 0 0 0 0
Jami 99 6 5 1 0 0 104 7
Reno 1868 FC (ijara) 2017 2 0 0 0 - - 2 0
FC Cincinnati (ijara) 2018 7 1 0 0 2 0 9 1
Jami 9 1 0 0 2 0 11 1
Umumiy faoliyatida 108 7 5 1 2 0 115 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Quakes select Fatai Alashe in first round of MLS SuperDraft“ (inglizcha). San Jose Earthquakes (15-yanvar 2015-yil). 21-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2018-yil.
  2. „Даллас VS. Сан-Хосе Эртквейкс 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (7-mart 2015-yil). 1-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2015-yil.
  3. „Сан-Хосе Эртквейкс VS. Чикаго Файр 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (23-mart 2015-yil). 10-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2015-yil.
  4. „Orlando City forward Cyle Larin named 2015 AT&T Rookie of the Year“ (inglizcha). MLSsoccer.com (10-noyabr 2015-yil). 10-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2018-yil.
  5. „Republic FC Signs 2020 MLS Cup Champion Fatai Alashe“ (inglizcha). Sacramento Republic FC (2021-yil 24-mart). 25-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2021-yil.
  6. William Strome. „RECAP: Sacramento Republic FC 1-0 LA Galaxy II“ (inglizcha). Sacramento Republic FC (2021-yil 30-aprel). 10-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2021-yil.
  7. „Republic FC Exercise Contract Options on Four Players, Preparing for 2022 USL Championship Season“ (inglizcha). Sacramento Republic FC (2021-yil 12-noyabr). 2021-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2021-yil.
  8. „Klinsmann Adds Four Players to MNT January Camp Roster“ (inglizcha). U.S. Soccer (8-yanvar 2016-yil). 2-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-oktabr 2016-yil.