Farzinni qurbon qilish
| a | b | c | d | e | f | g | h | ||
| 8 | 8 | ||||||||
| 7 | 7 | ||||||||
| 6 | 6 | ||||||||
| 5 | 5 | ||||||||
| 4 | 4 | ||||||||
| 3 | 3 | ||||||||
| 2 | 2 | ||||||||
| 1 | 1 | ||||||||
| a | b | c | d | e | f | g | h | ||
Shaxmatda farzinni qurbon qilish – eng kuchli dona hisoblangan farzinni maʼlum bir kompensatsiya evaziga, masalan, taktik yoki pozitsion ustunlik uchun qurbon qilishni nazarda tutuvchi yurishdir.
Farzinni qurbon qilish: haqiqiy va chalgʻituvchi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rudolf Spielmann oʻzining The Art of Sacrifice in Chess nomli kitobida haqiqiy va chalgʻituvchi qurbonliklarni farqlaydi. Chalgʻituvchi qurbonlik – qurbonlik qiluvchi tomon uchun majburiy va darhol foyda keltiradigan holat boʻlib, odatda bu tezkor mot (yoki durang maqsadida doimiy shoh yoki pat) shaklida, yoxud majburiy davomiy yurishlar orqali qurbon qilingan materialni qaytarib olish tarzida namoyon boʻladi. Shaxmatda motga erishish mumkin boʻlsa, istalgan miqdordagi materialni qurbon qilishga yoʻl qoʻyiladi, shu sababli farzin ham kombinatsiya doirasida qurbon qilinishi mumkin[1].
Chalgʻituvchi farzinni qurbon qilishning ehtimoliy sabablari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
- raqib farzinni olgach, majburiy mot (yoki durang maqsadida doimiy shoh yoki pat) keltirib chiqarish;
- majburiy davomiy yurishlar natijasida yetarlicha, hattoki ortiqcha material kompensatsiyasini (masalan, bitta Rux va ikkita Ot) qoʻlga kiritish;
- piyodaning yangi farzinga aylanishi uchun yoʻlni ochish hamda boshqa qoʻshimcha ustunlikka erishish;
- raqibning farzinini keyinchalik qoʻlga kiritish bilan birga pozitsion yoki material yutugʻini qoʻlga kiritish.
Baʼzan shunday vaziyat yuzaga keladiki, unda shaxmatchi oʻz farzinini boshqa donalarga almashtiradi va bu donalar umumiy qiymati jihatidan farzinga teng yoki undan ham yuqori boʻlishi mumkin. Bent Larsenning taʼkidlashicha, farzinni bitta Rux va ikkita kichik dona (masalan, Ot yoki Fil)ga berish baʼzan „farzinni qurbon qilish“ deb ataladi, biroq Rux hamda ikkita kichik dona farzindan qiymat jihatidan ustun boʻlgani uchun u bunday holatni haqiqiy qurbonlik deb hisoblamaydi[2].
Namunaviy oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anderssen vs. Kieseritzky, 1851
[tahrir | manbasini tahrirlash]| a | b | c | d | e | f | g | h | ||
| 8 | 8 | ||||||||
| 7 | 7 | ||||||||
| 6 | 6 | ||||||||
| 5 | 5 | ||||||||
| 4 | 4 | ||||||||
| 3 | 3 | ||||||||
| 2 | 2 | ||||||||
| 1 | 1 | ||||||||
| a | b | c | d | e | f | g | h | ||
Adolf Anderssenning mashhur Abadiy oʻyin partiyasida oq tomonning yakuniy mot kombinatsiyasida farzinni qurbon qilish holati kuzatilgan ishlatilgan. Diagrammadagi holatda Anderssen qora tomonning Otini chalgʻitish maqsadida 22.Qf6+! yurib, oʻz farzinni qurbon qilgan: oʻyin 22…Oxf6 23.Be7# bilan davom etgan. Bu chalgʻituvchi farzinni qurbon qilishning yorqin namunasidir, chunki qurbonlik atigi bir yurishdan soʻng motga olib kelgan. Oq tomonning kichik donalari qora Shoh atrofida jamlangan, qora tomonning donalari esa rivojlantirilmagan yoki oqlar lagerida qamalib qolganligi sababli himoya qila olmagan.
Anderssen va Dufresne, 1852
[tahrir | manbasini tahrirlash]| a | b | c | d | e | f | g | h | ||
| 8 | 8 | ||||||||
| 7 | 7 | ||||||||
| 6 | 6 | ||||||||
| 5 | 5 | ||||||||
| 4 | 4 | ||||||||
| 3 | 3 | ||||||||
| 2 | 2 | ||||||||
| 1 | 1 | ||||||||
| a | b | c | d | e | f | g | h | ||
Anderssenning yana bir mashhur partiyasi – Oʻchmas partiyada ham u mot kombinatsiyasi uchun farzinini qurbon qilgan. U 21.Fxd7+!! yurishini amalga oshirgan, oʻyin esa 21…Shxd7 22.Ff5+ She8 23.Fd7+ Shf8 24.Fxe7# tarzida davom etgan. Bu ham sham chalgʻituvchi farzinni qurbon qilishning yana bir yorqin misolidir. Garchi qoralar tomon oqlarni mot qilish arafasida boʻlsada, uning Shoh atrofidagi himoyasi zaif boʻlgani sababli oqlar tomon mot bera olgan.
Spielmann va Moeller, 1920
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oqlar yurish qiladi
|
13.h4 yurishidan keyingi holat
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
„Haqiqiy“ (pozitsion) farzin qurbonligiga misol sifatida Rudolf Spielmann 1920-yilda Gotenburg shahrida Jorgen Moellerga qarshi oʻynagan partiyasini taqdim etgan. Birinchi diagrammada qoralar 9…Fg4 yurishi bilan oqlarning farzinini yutib olish bilan tahdid qilmoqda, chunki f2-katagi himoyasiz qolsa, darhol mot boʻladi. Ammo Spielmann 9.Od2! yurishini amalga oshirdi va qoralarga farzinini olish imkonini berdi. Oʻyin quyidagicha davom etdi: 9…Fg4 10.Oxe4 Fxf3 11.Oxf3 Frh6 12.Of6+ Shd8 13.h4 – natijada ikkinchi diagrammadagi holat yuzaga keldi.
Oqlarda farzinga va piyodaga qarshi faqat ot va fil qoldi, biroq uning kichik donalari juda faol edi, qora farzin esa oʻyindan tashqarida qolgan edi. Oqlar 28-yurishda gʻalaba qozondi[3].