Farrux Yosor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Farrux yosordan yoʻnaltirildi)

Farrux yosor — Darbandiya sulolasidan boʻlgan Shirvon hukmdori (shirvonshoh) (1462—1501). F.Yo. davrida Shirvon mustaqilligini saqlab, iqtisodiy jihatdan ancha yuksalgan. F,Yo. Oq qoʻyunli hukmdorlari ittifoqchisi boʻlgan. 1488-yil qizilboshlilar hujumini daf etgan, lekin Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda yengilib, jangda halok boʻlgan. F.Yo. davrida Shirvon Rus davlati bilan diplomatik (1465—66 yillarda elchilar almashingan, 1499-yil doʻstlik va hamkorlik haqida bitim tuzish haqida muzokaralar) va savdo munosabatlari oʻrnatgan F.Yo. oʻzining bunyodkorlik faoliyati bilan ham shuxrat qozongan.