Farida Yasmin (jurnalist)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farida Yasmin
ফরিদা ইয়াসমিন
Tavalludi
Farida Yasmin Bulbul

1-iyun 1963-yil (1963-06-01) (60 yosh)
Raipura Upazila, Narsingdi District|Narsingdi
Fuqaroligi Bangladesh va Pokiston
Kasbi Jurnalist[1] va muharrir[2]
Faoliyat yillari 1989-yildan boshlab
Turmush oʻrtogʻi
Naem Nizam (turm. 1990)
[3]
Bolalari 2 nafar
Mukofotlari Women lead the nation award, Bangladesh Mahila Parishad award
Imzosi

Farida Yasmin (1963-yil 1-iyunda tugʻilgan) — Bangladeshlik jurnalist[4]va muharrir boʻlishidan tashqari Jatiya Press Club prezidentidir[5]. U The Daily Ittefaq gazetasining katta jurnalisti va Bangladesh Milliy matbuot klubining sobiq bosh kotibi[3][6]. 2017-yilda u Bangladesh Press-klubining birinchi ayol bosh kotibi etib saylangan edi[7][8]. U Milliy press-klubning sobiq qoʻshma kotibi boʻlib faoliyat olib borgan.

Avvalgi hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning otasi Shakhawar Hossain Bhuiyan, onasi esa Jahanara Hossain. U Narsingdi shahridagi Shibpur qizlar oʻrta maktabining oʻquvchisi boʻlgan edi. U Shibpur Qizlar oʻrta maktabidan SSC imtihonidan va Eden Mohila kollejidan HSC imtihonidan oʻtadi. Yasmin Dhaka universiteti magistraturasini tamomlagan[9].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yasmin 2011[10] va 2012-yillarda[11][12], Bangladesh Milliy press-klubining qoʻshma kotibi etib saylangan. 2013-yilda u sudlangan harbiy jinoyatchilar Abdul Quadir Molla va Muhammad Kamaruzzamann press-klubdan haydalganini eʼlon qilib, „Bir ovozdan qaror JPC boshqaruv qoʻmitasi yigʻilishida qabul qilingan“, deb aytadi[13]. U South Asian Womenʼs Media Forumining qoʻshma kotibi va forumning taʼsischi aʼzosi edi[14][15]. U Bangladeshda ayollar uchun nikoh yoshini 18 yoshda boʻlishi va shu yoshda ushlab turish haqida koʻp gapirdi[16].

2016-yilda Yasmin Dakka universiteti ommaviy kommunikatsiyalar va jurnalistika bitiruvchilari uyushmasining vitse-prezidenti etib tayinlanadi[17]. U 2017-yil 1-yanvarda Jatiya Press-Clubining Bosh kotibi etib saylangan, u Jatiya Press-Clubining birinchi ayol bosh kotibi boʻlgan edi[18]. U 2018-yil 18-dekabrda Jatiya press-klubi bosh kotibi lavozimiga yana qayta saylangan[19]. U womeneye24.com muharriri va nashriyotchisi boʻlib faoliyat olib boradi[20]. 2020-yil 31-dekabrda u Jatiya Press-klubining prezidenti etib saylanadi, prezident etib saylangan insonlar ichida birinchi ayol boʻlgan edi[21].

Nashr qilingan kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Basha Andolon o nari, 2005-yil
  • Ujjal Narir Muxomuxi, 2005-yil
  • Itehasher Aynay Bangabandhu, 2017-yil

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yasmin 1990-yilda jurnalist Naem Nizom bilan turmush qurgan. Ularning Mohir Abror ismli bir o‘g‘li va Nujhat Purnata ismli 1 nafar qizi bor[22].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „30 female garment workers honoured“. independent-bangladesh.com. Independent Bangladesh. 2016-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  2. „Social Afforestation Improves Environ, Eradicates Poverty“. The New Nation (2013-yil 17-iyul). 2018-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  3. 3,0 3,1 „Journalist Farida Yasmin's father passes away“. Daily Sun. 2016-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  4. Singh, A. K.. Media Power and Press Freedom (en). Pinnacle Technology, 10 January 2010. ISBN 9781618202659. 2016-yil 18-noyabrda qaraldi. [sayt ishlamaydi]
  5. „Farida, Elias elected as JPC president, secretary“ (en). New Age. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  6. „Media can play big role“. The Daily Star (2015-yil 10-iyun). Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  7. „National Press Club gets Farida Yasmin as first female general secretary; Shafiqur elected president“. bdnews24.com. Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
  8. „Shafique-Farida panel sweeps Jatiya Press Club polls“. The Daily Star (2016-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
  9. „UNB 'Light & Lens' with Farida Yasmin“. Dhaka Courier. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  10. „Sabuj elected press club president, Abdal GS“. bdnews24.com. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  11. „Press Club poll: Sabuj, Abdal reelected president, secy“. risingbd.com. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  12. „JPC team leaves for Agartala today“. The New Nation (2012-yil 28-aprel). 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  13. „Quader Mollah, Kamaruzzaman lose Press Club memberships“. sharemarket24.com. 2016-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  14. „New committee of SAWM formed“. The New Nation (2010-yil 10-aprel). 2018-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  15. „South Asian women's forum formed“. The New Nation (2009-yil 6-yanvar). 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  16. „Majority for retaining girls' marriage age at 18“. hawker.com.bd. Hawker. 2016-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  17. „DUMCJAA forms new committee“. The Daily Star (2016-yil 31-iyul). Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  18. „National Press Club gets Farida Yasmin as first female general secretary; Shafiqur elected president“. bdnews24.com. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  19. „Saiful-Farida panel sweeps National Press Club polls“. Dhaka Tribune. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  20. „WomenEye24.com – Communication for equality“ (en-US). Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
  21. „Farida elected first Jatiya Press Club female president“ (English). unb.com.bd (2020-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  22. সাপ্তাহিক, অন্যধারার কাগজ. {{{title}}} (bn), Dhaka, January 2018 — 21 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]