Kontent qismiga oʻtish

Farida

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Farida al-Sagʻir
فريدة الصغير
Tavalludi taxminan 830
Abosiylar xalifaligi
Vafoti 860/70-yillar
Samarra, Abbosiylar xalifaligi
Ijod qilgan tillari arab tili
Turmush oʻrtogʻi al-Mutavakkil (847-yilda turmush qurgan)

Farida as-Sagʻir (arabcha: فريدة الصغير‎; taxminan 830-yilda tugʻilgan) yoki Farida (arabcha: فريدة‎) – Abbosiylar davrida yashagan qayna (qullikdagi qoʻshiqchi qiz). Abbosiy xalifalari al-Vosiq (h. 842–847) va al-Mutavakkil (h. 847–861) saroyida qoʻshiqlar ijro etgan[1].

Dastlab musiqachi Amr ibn Bano mulkida boʻlgan qoʻshiqchi choʻri Farida keyinchalik xalifa al-Vosiqqa sovgʻa sifatida taqdim etilgan[2]. U mashhur sanʼatkor Shariyadan taʼlim olgan va al-Vosiq hamda uning vorisi al-Mutavakkil saroylarida katta shuhrat qozongan[3].

Farida Fadl ash-Shayraning shogirdi edi[4]. Farida juda mohir ijrochilik mahoratiga ega boʻlgan. Uning ismi „Farida“ – „noyob“, „betakror“, „yagona“ degan maʼnoni bildiradi. Farida, asosan, „Farida al-Sagʻir“ yaʼni „kichik Farida“ nomi bilan tanilgan.

Farida al-Mutavakkilning yagona xotini edi. U avvaliga al-Mutavakkilning akasi xalifa al-Vosiqning saroyida yashagan. Garchi Farida ilgari qoʻshiqchi Amr ibn Banoga tegishli boʻlgan boʻlsa ham al-Vosiq unga sevimli choʻrisi sifatida munosabatda boʻlgan. Al-Vosiq vafot etgach (847-yil 10-avgustda[5] ehtimol jigar shikastlanishi yoki diabet sabab yuzaga kelgan shish tufayli bu kasallikka davo topish maqsadida tandirda oʻtirgan paytda vafot etgan[6]), Amr uni al-Mutavakkilga koʻrsatgan. Al-Mutavakkil uni nikohiga olgan va u tez orada xalifaning eng sevimli ayollaridan biriga aylangan[7].

  1. Farida (c. 830–?)“, Dictionary of Women Worldwide: 25,000 Women Through the Ages Commire: , 2006. 
  2. Farida (c. 830–?)“, Dictionary of Women Worldwide: 25,000 Women Through the Ages Commire: , 2006. 
  3. Farmer, Henry George. A history of Arabian music to the XIIIth century — 162–3-bet. 
  4. Farmer 1929.
  5. Kan 2012.
  6. Kennedy 2006.
  7. Ibn al-Sāʿī 2017.