Kontent qismiga oʻtish

Farhod va Shirin (Gʻafur Gʻulom)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Farhod va Shirin
Muallif(lar) Gʻafur Gʻulom (nasriy bayon muallifi)
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i nasr
Nashr etilgan sanasi 1940

Farhod va Shirin“ – turkiy shoir Alisher Navoiy qalamiga mansub „Farhod va Shirin“ dostonining Gʻafur Gʻulom hozirlagan nasriy bayoni. Gʻulom bayonni 1939-yil tamomlagan, ilk bor 1940-yil Toshkent shahrida chop etilgan. Nasriy bayon bir necha marta, jumladan, 1956-, 1975-yillarda chop etilgan. 1975-yilgi nashrni Abduqodir Hayitmetov tahrir qilgan.

Gʻulom versiyasi ilk nasriy bayon boʻlib, koʻp tahlil qilingan. Gʻulomning bayoni doston oʻquvchilar orasida ommalashishiga hissa qoʻshgan[1]. Gʻulom nasriy bayonda dostonning toʻliq mazmunini qamrashga harakat qilgan, lekin 476 baytni qoldirib ketgan[2]. Doston bugunga qadar boshqa yozuvchilar, jumladan, Amin Umariy, Shokir Husaynzoda, Inoyat Maxsum tomonidan yangidan nasriy bayon qilingan[3].

1940-yil Navoiy „Xamsa“sidagi dostonlar („Hayrat ul-abror“dan tashqari) xalqqa tushunarli boʻlishi uchun nasriy mazmuni bilan chop etilgan. „Farhod va Shirin“ dostonining nasriy mazmunini tayyorlash vazifasini Gʻulom oʻz zimmasiga olgan.

Gʻulom tayyorlagan nasriy mazmun 1940- va 1956-yillarda Hamid Olimjon yozgan kirishsoʻz bilan nashr qilingan. 1975-yil Hayitmetov „Farhod va Shirin“ning qisman oʻzgartirilgan versiyasini nashrga tayyorladi.

  1. Tojiboyeva, Ozoda. „Gʻaybulla Salomov Alisher Navoiy dostonlarining tabdillari xususida“ (PDF). „Oʻzbekistonda xorijiy tillar“ ilmiy-metodik eledktron jurnal. № 5/2019. 219-bet. doi:10.36078/1577699385. 2020-05-07da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 23-dekabr 2020-yil. {{cite magazine}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)CS1 maint: date format ()
  2. „«Фарҳод ва Ширин» (Тўлиқ насрий табдил)“. Hilol. Qaraldi: 25-dekabr 2025-yil.
  3. АРСЛОНОВ, АБДИМУРОД. АЛИШЕР НАВОИЙ ДОСТОНЛАРИНИНГ НАСРИЙ ТАЛҚИНЛАРИ (монография). Тошкент: Термиз давлат университети, 2019. Qaraldi: 25-dekabr 2025-yil.