Fargʻona universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Fargʻona universiteti
(FDU)
Asos solingan 1930 (1991)
Oʻquv yurti turi universitet
Rektori Maksudov R.X.
Talabalari 10585 (2019 yil)
Bakalavriat 7688
Fan doktorlari 30 ta
Professorlar 611 ta
O‘qituvchilar 168 ta
Kampusi 6
Manzili Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi 19
Coordinates: Unable to parse latitude as a number:40°
{{#coordinates:}}: invalid latitude Fargʻona, Oʻzbekiston
Vebsayti fdu.uz

Fargʻona davlat universiteti, 1930-1991 yillarda Fargʻona pedagogika instituti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti.

Tarixi[tahrir]

Oʻzbekiston hukumatining qaroriga muvofiq 1991 yil 1 martda (1930 yil 1 mayda asos solingan) negizida tashkil etilgan. Farg‘ona davlat universitetida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi 1998-1999 o‘quv yilidan boshlab joriy etila boshlandi. Talabalar bilimini oshirishning reyting tizimi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 1999 yil 8 iyundagi 194-sonli, 2000 yil 7 fevraldagi 27-sonli „Meʼyoriy hujjatlarga qo‘shimcha kiritish haqida“gi va 2005 yil 30 sentyabrdagi 217-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan „Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to‘g‘risida muvaqqat Nizom“, Reyting tizimining yakuniy bosqichida „yozma ish“ usulini tatbiq etish bo‘yicha muvaqqat Nizom hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim hamda Moliya vazirligining 2004 yil 16 apreldagi 1139-sonli „Oliy o‘quv yurti talabalariga stipendiya tayinlash tartibi va berish to‘g‘risidagi ko‘rsatma“si tasdiqlagan qarori asosida universitet ilmiy Kengashida muhokama etilib, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash bo‘yicha hujjat sifatida qabul qilindi. 2010 yil 29 avgustdagi „Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida“gi 333-sonli buyrug‘i asosida qayta ishlangan hamda 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonli buyruqlari bilan o‘zgartirishlar kiritilgan „Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom“ asosida amalga oshiriladi. 1996 yildan boshlab, jahon tajribasini eʼtiborga olgan holda, universitetda davlat grantlari bilan bir qatorda kontrakt-shartnoma asosida kadrlar tayyorlash tartibi joriy etildi. 2002-2003 o‘quv yilida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Farg‘ona davlat universitetida 1708 nafar talaba qabul qilingan bo‘lsa, ularning 1109 nafarini kontrakt-shartnoma asosida o‘qishga kirganlar tashkil etdi. 2000-2001 o‘quv yilidan boshlab Farg‘ona davlat universitetida 28 nafar magistrant, 5 ta — tilshunoslik, Vatan tarixi, differensial tenglamalar, iqtisodiyot va biologiya mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil ola boshladilar. Keyinchalik magistratura tizimi kengayib bordi. Bu erda yangi mutaxassisliklar ochildi hamda kontrakt-shartnoma asosida ham magistrantlar qabul qilina boshlandi. 2004-2005 o‘quv yilida 18 ta mutaxassislik bo‘yicha 58 nafar magistrlar qabul qilindi. 2009-2010 o‘quv yiliga kelib, 11 mutaxassislik bo‘yicha 56 nafar magistrlar qabul qilindi. 2014-2015 o‘quv yilida mutaxassisliklar soni 13 ta bo‘lib, magistrlar soni 147 nafarni tashkil etdi. Ulardan 75 nafari bitiruvchilar hisoblanadi. Talabalarni etishmayotgan adabiyotlar bilan taʼminlash maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari bilan kelishilgan holda, ularning shaxsiy rejalariga muvofiq ravishda adabiyotlar yaratish rejasi shakllantirildi. Natijada, 2014 taqvim yilida 99 ta zamonaviy o‘quv adabiyotlar yaratildi. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratiladigan zamonaviy o‘quv adabiyotlari oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining yangilangan klassifikatori, uning asosida takomillashtirilgan Davlat taʼlim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiqligi, o‘rnatilgan tartibda muhokama va ekspertizadan o‘tkazish, boshqa adabiyotlardan ko‘chirib yozish kabi holatlar bo‘lmasligiga kafedra mudirlari mas’ul deb belgilandi. 2019 yilga kelib, universitetda 11 ta fakultet faoliyat yuritib, kafedralar soni 36 tani tashkil etdi. Ularda 611 nafar professor-o‘qituvchilar, bakalavriat bo‘yicha 37 ta taʼlim yo‘nalishi, magistratura esa 21 ta mutaxassislikdagi kadrlar tayyorlanib kelinmoqda. Talabalarning umumiy kontingenti bakalavriatda 7688 nafar, magistraturada esa 147 nafarni tashkil etmoqda.[1]

Taʼlim yoʻnalishiga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi[tahrir]

Yoʻnalish 1-blok (3,1) 2-blok (2,1) 3-blok (1,1)
1 5112100 — Texnologik taʼlim Fizika Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
2 5130100 — Matematika Matematika (informatika bilan) Fizika Ona tili va adabiyot
3 5110900 — Pedagogika va psixologiya Biologiya Ona tili va adabiyot Tarix
4 5111400 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili Ingliz tili Ona tili va adabiyot Tarix
5 5111401 — Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili Nemis tili Ona tili va adabiyot Tarix
6 5111402 — Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili Fransuz tili Ona tili va adabiyot Tarix
7 5111500 — Chaqiriqqacha harbiy taʼlim Matematika (informatika bilan) ijodiy Ona tili va adabiyot
8 5111700 — Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish Ona tili va adabiyot Matematika(informatika bilan) Chet tili
9 5111800 — Maktabgacha taʼlim Biologiya Ona tili va adabiyot Tarix
10 5120101 — Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili Ona tili va adabiyot Tarix Chet tili
11 5120112 — Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili Ingliz tili Ona tili va adabiyot Tarix
12 5120300 — Tarix (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha) Tarix Ona tili va adabiyot Chet tili
13 5130200 — Amaliy matematika va informatika Matematika (informatika bilan) Fizika Ona tili va adabiyot
14 5140100 — Biologiya (turlari boʻyicha) Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
15 5140200 — Fizika Fizika Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
16 5140500 — Kimyo Kimyo Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
17 5140600 — Geografiya Geografiya Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
18 5141000 — Tuproqshunoslik Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
19 5151700 — Madaniyat va sanʼat muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish Tarix ijodiy Ona tili va adabiyot
20 521020304 — Psixologiya: amaliy psixologiya (Fargʻona) Tarix Ona tili va adabiyot Chet tili
21 5230100 — Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
22 5112000 — Jismoniy madaniyat Toʻliq ijodiy - -
23 5230900 — Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
24 5232300 — Mintaqaviy iqtisodiyot Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
25 5410202 — Agronomiya (anorchilik) Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
26 5410606 — Zooinjeneriya: asalarichilik Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
27 5411100 — Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
28 5520102 — Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) Ona tili va adabiyot ijodiy Tarix
29 5610200 — Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
30 5611501 — Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) Ingliz tili Ona tili va adabiyot Tarix
31 5630100 — Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Kimyo Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
32 5640100 — Hayotiy faoliyat xavfsizligi Matematika (informatika bilan) Fizika Ona tili va adabiyot
33 5150801 — Rangtasvir: dastgohli Toʻliq ijodiy - -
34 5150602 — Vokal sanʼati: anʼanaviy xonandalik Toʻliq ijodiy - -
35 5151201 — Amaliy sanat: badiiy kulolchilik Toʻliq ijodiy - -
36 5111306 — Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda Rus tili va adabiyot Ona tili va adabiyot Tarix
37 5120102 — Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili Ona tili va adabiyot Tarix Chet tili
38 5120117 — Filologiya va tillarni oʻqitish: tojik tili Toʻliq ijodiy - -
39 5210203 — Psixologiya: amaliy psixologiya Tarix Ona tili va adabiyot Chet tili
40 5110800 — Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi Toʻliq ijodiy - -
41 5150711 — Cholgʻu ijrochiligi: xalq cholgʻulari (rubob prima, qashqar va afgʻon rubobi) Toʻliq ijodiy - -
42 5111100 — Musiqa taʼlimi Toʻliq ijodiy - -
43 5112001 — Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yoʻnalishi boʻyicha) Toʻliq ijodiy

Manbalar[tahrir]