Fargʻona-toshkent musiqa uslubi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fargʻona-toshkent musiqa uslubi — Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasida qaror topgan mahalliy musiqiy anʼanalar majmui. Mazkur uslubning oʻziga xos jihatlari oʻzbek xalq musiqa ijodiyoti (bolalar qoʻshiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, yalla, ashula va boshqalar) hamda mumtoz musiqa (doston, ashula, katta ashula, makom va boshqalar) namunalarida kuzatiladi. Oʻzbek anʼanaviy musiqasining muhim tarkibiy qismi boʻlgan ushbu uslub doirasida xalq musiqasining eng qad. davrlarga mansub kuyohang va usul namunalari ham oʻz aksini topgan. Jumladan, bolalar ("Laylak keldi", "Olatoy", "Oftob chiqdi" va boshqalar) va mavsumiymarosim qoʻshiklari ("Boychechak", "Binafsha" va boshqalar)da xalq musiqiy tafakkurining ilk bosqichlariga oid quyi (birlamchi) tuzilma va darakchi ohang alomatlari, parda asoslarida esa angemitonika xususiyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Shuningdek, inson nutqi, soʻz aytish talaffuziga yaqin ohanglar dostonchi baxshilar ijodida ham muhim oʻrin tutadi. F.—Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.gagina xos boʻlgan katta ashula janrida esa nutqdosh ohanglarning mumtoz gʻazallar obrazlariga hamohang kuychanlik bilan payvasta boʻlgan.

Odatda, soʻzdosh toifali ohanglar qoʻllangan janrlar doira usullari qoʻllanilmaydi. Bulardan farqli oʻlaroq, kuychan xususiyatli janrlar (ashula, yalla, maqom va boshqalar)da joʻrnavoz cholgʻular keng qoʻllanilishi kuzatiladi. Xususan, xotinqizlar davralarida raqsga tushib yalla va lapar aytish, ashula kuylash (yallachilik) odat tusini olgan. Yakka holda yallachilar oʻz qoʻshiqlariga dutor yoki doirada joʻr boʻlishadi. Ansambl shaklida ijrochilar esa odatda 2—3 ayoldan iborat boʻlib, ular asosan doira joʻrligida kuylashadi. Yallachilarning repertuari yalla, qoʻshiq, lapar va toʻymarosim ("Yoryor", "Kelin salom", "Oʻlan" va boshqa asar)laridan tashkil topadi. Yallachilikning yana bir koʻrinishi Namangan anʼanasida "satang" deb atalib, bular koʻproq turkumli (2 va undan ortik, qismli) "katta yalla"larni doira joʻrligida (odatda raqsga tushib) kuylaydilar.

F.—Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.da soʻlim tabiatli kuyohanglar ham shakllangan boʻlib, ularning namunalarini mahalliy ashulalarda koʻrish mumkin. Bular ikki xil boʻladi: xalq ogʻzaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar hamda bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar. "Tanavor", "Ey nozanin", "Oydek toʻlibdur", "Farzoni", "Ul parivash" singari xalq ashulalari nafaqat hofizlar, balki ziyolilar, hunarmandlar va boshqa kasb egalari, shuningdek, xotinkizlar tomonidan ham ijro etib kelingan. Ayni paytda, "Nigorim", "Galdr", "Nisor", "Figʻon", "Chaman yalla" singari ashulalarni, asosan, hofizlar mukammal ijro etib kelmoqda. Bunda tanbur va dutor joʻrnavozligi koʻp qoʻllaniladi. Bu turdagi uslubni shakllantirishda T. Jalilov, K.Jabborov, J. Sultonov, Gʻ.Toshmatov, Fahr.Sodiqov kabi bastakorlar katta hissa qoʻshganlar.

F.—Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.ga xos xususiyatlar Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllaritsya. ham oʻz aksini topgan. Xususan, ularda ashula, katta ashula, yalla singari janrlarning muhim sifatlari oʻzaro uygʻunligi kuzatiladi.

F.—Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu. doirasida qariyb barcha xalq cholgʻulari (dutor, tanbur, rubob, chang , sato, gʻijjak, nay, qoʻshnay, surnay, karnay, doira, nogʻora va boshqalar) namoyon boʻladi. Ular yakka yoki ansambl tarkibida qoʻllaniladi. Xususan, ommaviy bayram, xalq tantanalari va toʻy marosimlarida surnay, karnay, nogʻora va doiralardan iborat ansambl sadolari yangrasa, uyxona sharoitlarida dutor, tanbur, gʻijjak kabi nisbatan mayin sadoli cholgʻular qoʻllaniladi. Binobarin, xalq madaniy hayotida har bir cholgʻu oʻz oʻrni, vazifasi va ijro etish uchun maxsus ("Qoʻshtor", "Chertmak", "Dutor Bayoti" kabi) kuylar boʻlishi bilan birga mazkur sozdan ashula, lirik qoʻshiklarga joʻrnavoz sifatida ham foydalanilgan. Bu cholgʻu (doira kabi) xotinkizlar orasida ham keng ommalashgan. Ammo tanbur, sato, nay, qoʻshnay, gʻijjak, chang singari sozlar, asosan, kasbiy musiqachilar cholgʻusi sifatida namoyon boʻladi. F.—Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.da "Dilxiroj", "Andijon polkasi", "Fargʻona rezi", "Tanavor", kabi jozibali raqs kuylari ham mashhurdir.

Oqilxon Ibrohimov.