Fantastik Maxluqlar (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Fantastik Maxluqlar
Fantastic Beasts and Where to Find Them
Fantastik Maxluqlar Poster.jpg
Oʻzbekcha chiqishli poster
Rejissor David Yates
Produser
Ssenariy muallifi J. K. Rowling
Rollarda
Bastakor James Newton Howard
Kinematografiya Philippe Rousselot
Muharrir Mark Day
Studiya
Distributor Warner Bros. Pictures[1]
Premyera sanasi
  • 10-noyabr, 2016-yil(2016-11-10)

(Alice Tully Hall)

  • 18-noyabr, 2016-yil(2016-11-18)

(Birlashgan Qirollik & AQSh)

Davomiyligi 133 daqiqa[2]
Mamlakat
Til Ingliz
Mablagʻ $180 million[5]
Daromad $814 million[6]

Fantastik Maxluqlar (Inglizcha: Fantastic Beasts and Where to Find Them; toʻliq nomi Fantastik Maxluqlar va ularni qayerdan topish mumkin), 2016-yilda Warner Bros. Pictures tomonidan ishlangan Amerika va Birlashgan Qirollik fantastik filmi. Film gʻoyasi J. K. Rowlingning 2001-yildagi kitobiga asoslangan boʻlib, film Harry Potter film qismlaridan biri hisoblanadi. Filmda oʻynagan aktyorlar Eddie Redmayne, Katherine Waterston, Dan Fogler, Alison Sudol, Ezra Miller, Samantha Morton, Jon Voight, Carmen Ejogo va Colin Farrell.

Fantastik Maxluqlar filmi premyerasi 18-noyabr 2016-yilda Birlashgan Qirollik va AQShda boʻlib oʻtdi. Teatrlarda 3D, IMAX 4K Laser va boshqa formatlarda ommaga havola etildi. Kartina dunyo boʻylab $814 million jamgʻardi va 2016-yildagi sakkizinchi eng kassabop film boʻldi.

Sujet[tahrir]

1926-yilda ingliz sehrgari va "magizoologist" Newt Scamander New Yorkga keladi. U yerda esa New York Xayriya Jamiyatini boshqaradigan sehrgar bo‘lmagan ayol ("No-Maj" yoki "Muggle") Mary Lou Barebone bilan uchrashadi. Newt Barebone tomonidan jodugarlar va sehrgarlar borligi va ularning xavfli ekanligi haqidagi gaplarini tinglayotganida, Niffler ismli jonivor, Newtning turli xil sehrli mavjudotlarni o‘z ichiga olgan sehrli kengaytirilgan chamadonidan qochib ketadi. Scamander Nifflerni qo‘lga olishga urinib ko‘rar ekan, No-Maj konserva zavodi ishchisi va novvoy Jacob Kovalski bilan uchrashib qoladi va ular beixtiyor chamadonlarini almashtirishadi. Auror Tina Goldstein, Niffler tomonidan yuzaga kelgan betartiblik uchun Newtni hibsga oladi va uni sobiq mavqeini qaytarib olish umidida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sehrli Kongressiga (MACUSA) olib boradi. Biroq, almashib qolgan Jacobning chamadonida faqat pishiriqlar bo‘lganligi sababli, Newt ozodlikga chiqariladi. Jacob esa o‘zining uyida chamadonni ochganida bir nechta jonzotlar qochib ketishadi.


Tina va Newt, Jacob va chamadonni topgandan so‘ng, Tina ularni o‘z uyiga olib boradi va ularni singlisi Queenie bilan tanishtiradi. Jacob va Queenie o‘rtasida iliq munosabat paydo bo‘ladi, ammo Amerika sehrgarlariga No-Majlar bilan aloqada bo‘lish taqiqlangan. Newt Jacobni sehrli chamadonining ichiga kirgizadi, u yerda Jacob sehrli qobiliyatli bolalar ichida rivojlanadigan parazitga ega – Obscurusga duch keladi. Newt Jacobni yo‘qolgan mavjudotlarni qidirishda yordam berishga ko‘ndiradi. Ular qochib ketgan uchta hayvonning ikkitasini qo‘lga olishganidan so‘ng, Tina chamadonni MACUSAga qaytarib beradi. Amaldorlar Newt hayvonlaridan birini Senator Henry Showni o‘ldirishda aybdor deb hisoblab, Sehrli xavfsizlik bo‘yicha direktor Percival Graves, Newtni shafqatsiz qora sehrgar Gellert Grindelwald bilan til biriktirganlikda ayblaydi va Newtning chamadonini yo‘q qilishga va Jacobning so‘nggi xotiralarini o‘chirishga qaror qiladi. Newt va Tina yashirincha zudlik bilan o‘limga mahkum etiladilar, ammo Queenie va Jacob ularni qutqaradi va Newtning chamadonini olishganidan keyin qochib ketishadi. Jamoa goblin Gnarlackning maslahatlaridan so‘ng, qochib ketgan jonzotlarni topib, yana qo‘lga kiritadilar.


Ayni paytda, Graves Mary Louning asrab olingan o‘g‘li Credencega yaqinlashadi va uni shafqatsiz onasidan ozod qilishni taklif qiladi. Buning evaziga Graves, Credencega shahar atrofidagi sirli vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan Obscurus topib berishini so‘raydi. Credence bu paytda singlisi Modestyning to‘shagidan sehrli tayoqchani oladi. Buni ko‘rgan Mary Lou, Credence ushbu sehrli tayoqcha o‘ziga tegishli emasligini aytsada, uni kaltaklaydi. Bundan g‘azablangan Credence Obscurus'ga aylanadi va Mary Lou va uning katta qizi Chastityni o‘ldiradi. Keyin o‘z holiga qaytgan Credence Gravesning yoniga boradi va undan sehr-joduni o‘rgatishini so‘raydi. Ammo, Graves buni rad etadi. G‘azabga to‘lib-toshgan Credence yana Obscurus'ga aylanadi va unga hujum qilgandan so‘ng, qochib ketadi.

Newt Credence'ni metro tunnelida yashiringan holda topadi, ammo Credencega Graves hujum qiladi. Credenceni bilgan Tina kelib, uni tinchlantirishga harakat qiladi, Graves esa uning tinglashiga to‘sqinlik qilishga harakat qiladi. Keyinchalik, Credence inson qiyofasiga qaytadi. Bu paytda, Newtning sehrli chamadonidan Thunderbird chiqariladi va shaharni zulmat qoplaydi. Auror sehrli jamiyatni himoya qilish uchun kelib, bularni bartaraf etadi va Thunderbirdni yana qaytarib chamadonga kirgizadi, hamda Gravesning o‘zini qiyofasiga kirishiga majbur qiladi. Graves Grindelwald ekanligini fosh qilinadi. Grindelwald esa sehrli jamiyatni No-Majlarga ochishga harakat qilganligini tan oladi va hibsga olinadi.

MACUSA ularning sirli dunyosi fosh qilinishidan qo‘rqadi va butun shahar aholisini, jumladan Jacobning ham xotirasini o‘chiradi. Newt esa o‘zining uyi bo‘lmish sehrgarlar zaminiga qaytgach, Thunderbird'ni qo‘yib yuboradi.

Rollarda[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 FANTASTIC BEASTS AND WHERE TO FIND THEM (2016). AFI Catalog of Feature Films. 24 July 2018.
  2. Fantastic Beasts and Where to Find Them (12A). British Board of Film Classification (28 October 2016). 28 October 2016.
  3. Fantastic Beasts and Where to Find Them review: a fiddly start for J.K. Rowling's wizarding prequels. British Film Institute (18 November 2016). 29 November 2016.
  4. Fantastic Beasts and Where To Find Them. British Council. 1 December 2016.
  5. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named NYT
  6. Fantastic Beasts and Where to Find Them (2016). Box Office Mojo. 19 April 2017.
  7. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named RedmayneCast
  8. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named WaterstonCast
  9. Pottermore - Everything we've learned about 'Fantastic Beasts'. Pottermore. 2015.
  10. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named SudolCast
  11. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named FarrellCast
  12. 12,0 12,1 Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named pr-20150817
  13. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named FoglerCast
  14. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named MillerVariety
  15. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Aug2015Deadline
  16. Kit, Borys (8 October 2015). Harry Potter Spinoff 'Fantastic Beasts' Casts Ron Perlman (Exclusive). The Hollywood Reporter. 9 October 2015.
  17. Kit, Borys (5 October 2015). 'Harry Potter' Spinoff 'Fantastic Beasts' Casts Jon Voight (Exclusive). The Hollywood Reporter. 5 October 2015.
  18. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named BlagroveCast
  19. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named MurrayCast
  20. Ford, Rebecca (10 August 2016). 'Harry Potter' Spinoff 'Fantastic Beasts' Adds Zoe Kravitz (Exclusive). The Hollywood Reporter.

Havolalar[tahrir]