Faktura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Faktura (lot. factura — ishlov berish, tuzilish) — 1) iqtisodiyotda xaridor nomiga sotuvchi tomonidan beriladigan va sotilgan tovarning xili, miqdori va qiymati koʻrsatilgan tovar hujjati; 2) tasviriy sanʼatda badiiy asar sirti hamda uning ishlanish xususiyatlari. Rangtasvirda F. boʻyoq qatlamining xususiyatlarini: mas, "ochiq" F. (kengkeng boʻyoq surtish, boʻyoqning notekis qatlami) yoki "yashirin" F.; haykaltaroshlik (haykal, relyef va boshqalar) va amaliy bezak sanʼatida badiiy hunarmandchilik asari sirtining sayqallanganligi, gʻadirbudurligi va h.k.ni ifodalaydi. 20-asr sanʼatida F.ni murakkablashtirish (kollaj, boʻyoq qatlamiga qipiq, qum qoʻshish) boʻyicha tajribalar tarqaldi; 3) musiqada muayyan asarni tashkil qiluvchi bayon vositalari (tembr, registr holati, ovozlar oʻzaro nisbatlari va boshqalar) majmui.