Fahl jangi
| Fahl jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musulmonlarning Levantga bosqinining bir qismi | |||||||
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Roshidun xalifaligi | Vizantiya imperiyasi
| ||||||
| Kuchlar | |||||||
| 30,000 (taxminiy hisob-kitoblarga koʻra) | 50,000–80,000 (arab manbalariga koʻra) | ||||||
Fahl jangi (arabcha: يوم فحل), shuningdek, Botqoq jangi va Beysan jangi nomi bilan ham mashhur boʻlib, Vizantiya Suriyasining musulmonlar tomonidan fath etilishi jarayonida muhim janglardan biri boʻlgan. Ushbu jang Roshidun xalifaligining arab qoʻshinlari hamda Vizantiya qoʻshinlari oʻrtasida Pella (Fahl) va unga yaqin joylashgan Scythopolis (Beysan), yaʼni Iordan vodiysida 634-yilning dekabr yoki 635-yilning yanvar oyida boʻlib oʻtgan.
Ajnadayn jangida musulmonlar tomonidan magʻlubiyatga uchratilgan Vizantiya qoʻshinlari Pella yoki Scytopolisda qayta toʻplandi, biroq musulmon qoʻshinlari ularni taʼqib qilib u yerga ham yetib bordi. Vizantiyaliklar Beysan atrofidagi sugʻoriladigan ariqlarni ochib, hududning suv bosishiga sabab boʻldi va bu orqali musulmonlarning oldinga harakatlanishiga toʻsqinlik qilishga urinishdi. Natijada musulmonlar loyli yerlarni bosib oʻtishda katta qiyinchilikka duch keldi. Shunga qaramay, ular Vizantiya kuchlarini tor-mor etidi, vizantiyaliklar esa katta yoʻqotishlarga uchradi. Jangdan soʻng Pella shahri qoʻlga kiritildi, Beysan va yaqin atrofdagi Tiberiya esa musulmon qoʻshinlarining qisqa muddatli qamali natijasida taslim etildi.
Jang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixchi Hugh N. Kennedyning soʻzlariga koʻra, ushbu jangning qanday kechgani haqida toʻliq maʼlumotlar mavjud emas[1]. Ibn Is’hoq hamda al-Voqidiyning rivoyatiga koʻra, Falastin markazida Vizantiya kuchlariga qarshi musulmonlarning hal qiluvchi gʻalabasidan soʻng, Ajnadayn jangida omon qolgan vizantiyalik askarlar Iordan daryosining sharqiy sohiliga chekinib, Fahl shahriga[2] (vizantiyaliklar uni Pella deb atagan) joylashib olgan[1]. Musulmonlar vizantiyaliklarni u yerda ham taʼqib qildi, biroq yoʻlda Beysan (vizantiyaliklar uni Scythopolis deb atagan)[2] atrofidagi botqoqlik yerlari tufayli qiyinchilikka duch keldi. Beysan Iordaniya daryosining gʻarbiy qismida, Fahl shahridan 12 km (7,5 mil) uzoqlikda joylashgan edi[3]. Vizantiyaliklar daryo qirgʻoqlarini sunʼiy ravishda buzib, hududni suv bosishiga sabab boʻlishdi va shu orqali musulmon otliq qoʻshinlarini toʻxtatishga harakat qilishdi[2]. Kennedy tomonidan bu joylar „sugʻorish ariqlari“ deb atalgan[1]. Beysan atrofidagi yerlar keyinchalik botqoqlikka aylanganligi sababli Fahl jangi muqobil ravishda Botqoq jangi[3] yoki Beysan jangi deb ham nomlanadi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Kennedy 2007.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Donner 1981.
- ↑ 3,0 3,1 Buhl & Sourdel 1965.
- ↑ Palestine Exploration Fund: Quarterly Statement. London: Office of the Palestine Exploration Fund and Richard Bentley, 1885 — 159-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The History of al-Ṭabarī, Volume XI: The Challenge to the Empires, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1993. ISBN 978-0-7914-0851-3.
- Donner, Fred M.. The Early Islamic Conquests. Princeton: Princeton University Press, 1981. ISBN 0-691-05327-8.
- Kennedy, Hugh. The Great Arab Conquests: How the Spread of Islam Changed the World We Live In. Philadelphia: Da Capo Press, 2007. ISBN 978-0-306-81585-0.
- Lewis, B., ed (1965). "Faḥl". Encyclopaedia of Islam. Volume II: C–G (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 743. OCLC 495469475. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Fa%E1%B8%A5l&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Burns, Ross. Damascus: A History. Routledge, 2007. ISBN 978-1-134-48849-0.
Qoʻshimcha adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The History of al-Ṭabarī, Volume XII: The Battle of al-Qādisīyyah and the Conquest of Syria and Palestine, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1992. ISBN 978-0-7914-0733-2.