Kontent qismiga oʻtish

Fadluya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nizomiddin Fazlulloh
Amir Abulabbos Fadlavayh
Fors buvayhiylari sipohsolori va Shabankara qabilasi yetakchisi
Saltanat 1030—1049
Fors amiri
Saltanat 1055—1078
Oʻtmishdoshi Abu Mansur Fulad Sutun
Davomchisi Turonshoh (raqib qirol)
Abulabbos ibn Fadluya ibn Hasanuya (voris)
Vafoti 1078
Sulola Shabankaraning Ramaniylar tarmogʻi
Otasi Ali ibn Hasan ibn Ayyub Ramaniy
Dini Islom

Amir Abulabbos Fadl Forsdagi Shabankara qabilasining kurd yetakchisi[1][2]. Asosan Fadluya (Fadlavayh shaklida ham yoziladi) nomi bilan tanilgan. Fadluya Shabankara qabilasining Ramani urugʻidan boʻlgan Ali ibn Hasan ibn Ayyubning oʻgʻli boʻlgan. Ushbu urugʻ Suriyadan Forsga koʻchib kelgan kurdlar boʻlib[3][4], Ali Forsdagi Shabankara sulolasi asoschisi (h. 1030–1078) edi. Mazkur sulola 1030-yildan 1355-yilgacha uzilishlar bilan hukmronlik qilgan. Shabankaralar togʻli Kuhgiluya mintaqasini egallab, mutlaq mustaqillikni saqlab qolishga muvaffaq boʻldilar[2].

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ali oʻgʻli Fadluyani yoshligida buvayhiylarning oʻsha paytdagi hukmdori Abu Kalijarning vaziri Sohib-e Adel huzuriga yuborgan[5]. Ali oʻgʻli saroydan lavozim berishlarini soʻragan[5]. Sohib-e Adel davrida Fadluyaning lavozimi koʻtarilib, oxir-oqibat sipohsolor lavozimiga erishgan[5]. Biroq, Abu Kalijar Shabankara hududlarini egallab olish qarori Fadluyani oʻzidan uzoqlashtirdi[5].

Fors hukmdori

[tahrir | manbasini tahrirlash]
10—11-asrlar Fors va atrof hududlar xaritasi

1053-yilda Saljuqiy shahzoda Qavurt Forsga bostirib kirgach, Fadluya Qavurtning akasi Alp Arslonga murojaat qildi[5]. Saljuqiylarga Fors hukmdori boʻlib qolishiga ruxsat berish evaziga har yili 27 million dirham miqdorida oʻlpon toʻlashni taklif qildi[5]. Alp Arslon taklifni qabul qilgach, 1055-yilda Fadluya Forsda hukmronlikni qoʻlga kiritgan[5]. Asosiy poytaxti Fasaning shimoli-sharqidagi Goshnobod yoki Joshnobod shahri edi[5]. Baʼzan Darabgerd va Sherozda ham yashagan[5].

Oradan biroz oʻtib, Alp Arslon hukmronligi davomida Fadluya unga qarshi isyon koʻtargan[5]. Yillik oʻlpon joʻnatishni toʻxtatib, oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon qilgan hamda Jahrom yaqinidagi Xvorsha qalʼasida mudofaa pozitsiyalarini egallab, tayyorgarlik koʻra boshlagan[5]. Biroq, isyon muvafaqqiyatsiz yakunlangan. Alp Arslonning vaziri Nizomulmulk yetib kelib, 16 kunda qalʼani egallashga muvaffaq boʻlgan[5]. Fadluya taslim boʻlib, tovon toʻlashni taklif qilgan[5]. U kechirilgan hamda Forsdagi hukmronligini davom ettirishiga ruxsat berilgan[5].

Fadluya 1072-yilda yana isyon koʻtarganda, bostirish uchun yana Nizomulmulk joʻnatilgan[5]. Nizomulmulkning mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga urinishi muvafaqqiyatsiz yakunlanib, Fadluya yana qalʼaga qamalib oldi[5]. Nizomulmulk qamal boshladi. Bu qamal nisbatan qisqa muddat davom etib, qalʼada suv tanqisligi sabab himoyachilar taslim boʻldilar[5]. Fadluya qochmoqchi boʻlganda, qoʻlga olinib, Alp Arslon huzuriga keltirildi[5]. Alp Arslon Fadluyani yana bir bor kechirgan. Biroq, bu safar Istaxr qalʼasiga qamab qoʻyilgan[5].

Ibn al-Balxiyning maʼlumotiga koʻra, Fadluya umrining qolgan qismini Istaxr mahbusligida oʻtkazgan[5]. 1078-yilda qalʼadan qochishga uringan, ammo muvafaqqiyatsizlikka uchrab qoʻlga olingan va oʻldirilgan[5]. Terisiga somon tiqilib, omma oldida osib qoʻyilgan[5].

  1. Spuler, B. (2012), „Faḍlawayh“, Encyclopaedia of Islam, Brill Publishers, doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_2233, ISBN 9789004161214
  2. 2,0 2,1 Büchner, V. F. (2012), „S̲h̲abānkāra“, Encyclopaedia of Islam, Brill Publishers, doi:10.1163/2214-871X_ei1_SIM_5253, ISBN 9789004082656
  3. Potts, Daniel T.. Nomadism in Iran: From Antiquity to the Modern Era (en). Oxford University Press, 2014 — 166-bet. ISBN 978-0-19-933079-9. 
  4. Spuler, B. (1987). „ATĀBAKĀN-E LORESTĀN“. Encyclopedia Iranica. II.
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 5,11 5,12 5,13 5,14 5,15 5,16 5,17 5,18 5,19 5,20 5,21 Mardukh, 'Abd-Allah „FAŻLŪYA, Amir ABU'L-ʿABBĀS FAŻL“. Encyclopaedia Iranica. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
Vacant Shabankara hukmdori (Forsda)
1030—1078
Nomaʼlum