Kontent qismiga oʻtish

Fabio Capello

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fabio Capello
Capello (2024-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fabio Capello[1]
Tavallud sanasi 18-iyun 1946-yil (1946-06-18) (79 yosh)
Tavallud joyi San Canzian d'Isonzo, Italiya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1962—1964 SPAL
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1964—1967 SPAL 49 (3)
1967—1970 Roma 62 (11)
1970—1976 Juventus 165 (27)
1976—1980 AC Milan 65 (4)
Total 341 (45)
Milliy terma jamoa
1972—1976 Italiya 32 (8)
Boshqargan klublari
1982—1986 AC Milan Primavera
1987 AC Milan (vaqtinchalik)
1991—1996 AC Milan
1996—1997 Real Madrid
1997—1998 AC Milan
1999—2004 Roma
2004—2006 Juventus
2006—2007 Real Madrid
2007—2012 England
2012—2015 Russia
2017—2018 Jiangsu Suning
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Fabio Capello[2] (1946-yil 18-iyunda tugʻilgan) – italiyalik sobiq professional futbol murabbiyi va futbolchisi.

Capello futbolchi sifatida SPAL, Roma, AC Milan va Juventus klublarida oʻynagan. U yarim himoyachi sifatida oʻynagan va 15 yildan ortiq davom etgan faoliyati davomida bir nechta sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Capello 1969-yilda „Roma“ bilan Italiya kubogini qoʻlga kiritgan, 1972, 1973 va 1975-yillarda „Juventus“ jamoasi bilan uchta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. „Milan“ klubi bilan 1977-yilda Italiya kubogini qoʻlga kiritggan va 1979-yilda yana bir A Seriyada gʻolib chiqqan. Kapello faoliyati davomida Italiya terma jamoasi safida ham toʻp surgan va 32 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan.

Bosh murabbiy sifatidagi dastlabki besh mavsumida Capello „Milan“ bilan toʻrtta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Milan klubi bilan 1993-94-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida ham gʻolib chiqqan va esda qolarli finalda „Barcelona“ jamoasini 4:0 hisobida magʻlub etgan. 1996-97-yilgi mavsumni „Real Madrid“ jamoasida oʻtkazgan va u yerda birinchi urinishda La Liga chempionligini qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Rimning Roma klubi murabbiyi etib tayinlangan va 2001-yilda jamoani 18 yil ichida birinchi marta chempionlikka olib chiqqan. Capello, shuningdek, „Juventus“ jamoasi murabbiyi sifatida ikkita chempionlikni qoʻlga kiritgan (keyinchalik Calciopoli mojarosidan soʻng ulardan mahrum boʻlgan) va 2006-yilda yana bir bor „Real Madrid“ jamoasiga qaytib, u yerda ikkinchi bor La Liga chempionligini qoʻlga kiritgan. Umuman olganda, u murabbiylik faoliyatidagi 16 mavsumning yettitasida (yoki „Yuventus“ bilan bekor qilingan ikkita chempionlikni hisobga olsak, toʻqqiztasida) yirik chempionlikni qoʻlga kiritgan. U barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biri hisoblanadi[3][4].

Capello 2007-yil dekabr oyida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Murabbiylik davrida u turnir saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jamoani 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatiga olib borgan. Jahon chempionatida Angliya 1/8-final bosqichida magʻlub boʻlishgan. 2012-yil fevral oyida Angliya futbol assotsiatsiyasi bilan kelishmovchilik tufayli murabbiylikdan isteʼfoga chiqqan.2012-yil Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2015-yil 14-iyulda u Rossiya futbol ittifoqi tomonidan ishdan boʻshatilgan va uning oʻrniga Leonid Slutskiy tayinlangan. 2017-yilda u Xitoyning Jiangsu Suning klubiga murabbiy etib tayinlangan, ammo keyingi yili ishdan boʻshatilgan, shundan soʻng murabbiylik faoliyatini yakunlagan.

  1. „Acta del Partido celebrado el 17 de junio de 2007, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 17 June 2007, in Madrid] (es). Royal Spanish Football Federation. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
  2. Canepari, Luciano „Fabio“ (it). DiPI Online. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
    Canepari, Luciano „capello“ (it). DiPI Online. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
  3. The top 50 managers of all time The Times
  4. „Greatest Managers, No. 20: Capello“. ESPN FC (2013-yil 6-avgust). Qaraldi: 2015-yil 7-fevral.