FIM-92 Stinger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
FIM-92A Stinger

FIM-92 Stinger — past balandlikdagi dushman samolyotlari va vertolyotlariga zarba berish uchun ishlab chiqarilgan mudofaa quroli. Stinger bir kishi tomonidan qoʻllaniladi, nishonga qarshi oʻt ochilganda infraqizil va ultrabinafsha nurlar yordami bilan manzilga borib uriladi. Ishlatishi qulay, yuqori aniqlik bilan nishonni yoʻq qilish xususiyatiga ega boʻlgani uchun, quruqlikdagi qoʻshinlarning havo mudofaasida muhim oʻrin tutadi. Stingerlarni vertolyotlar va barcha turdagi quruqlikdagi transport vositalariga oʻrnatish mumkin.

Ayni vaqtda Stingerlar AQShdan tashqari 29 ta davlatda xizmat qilmoqda. Ishlab chiqarish 1981-yilda boshlangan.

General Dynamics / Raytheon korporatsiyasi va Germaniyaga qarashli EADS tomonidan ishlab chiqariladi.

Stinger raketalarining uzunligi 1,52 metrni tashkil qiladi. Diametri 10,1 mm, ogʻirligi 15.2 kg tashkil qiladi. 1,4-8 kilometr uzoqlikdagi nishonlarga zarba bera oladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]