Eyr (yarim orol)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

EyrAvstraliyaning jan. qismidagi yarim orol, Katta Avstraliya qoʻltigʻi bilan Spenser qoʻltigʻi oraligʻida. Uzunligi shimoldan jan.ga 300 km dan ziyod. Yer yuzasi evkalipt butalari bilan qoplangan tekislik va pasttekisliklardan iborat, qumli maydonlar bor. Shimolida Goler togʻlari (eng baland joyi 472 m) joylashgan. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Koʻychilik bilan shugʻullaniladi. Temir rudasi qazib olinadi. Spenser qoʻltigʻi sohilida PortLinkoln shahri joylashgan. Avstraliyani oʻrgangan ingliz tadqiqotchisi E.J.Eyr nomi bilan atalgan.