Eyler Leonard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eyler Leonard [1707.4(15)4, Bazel, Shveysariya — 1783.7(18).9, Peterburg] — matematik, mexanik va fizik olim, Peterburg FA aʼzosi. Berlin FA prezidenti (1759 yildan). 1720—24 yillarda Bazel (Shveysariya) untida oʻqib, matematikadan I. Bernulli maʼruzalarini tinglagan. Peterburg FA da ishlab, FA bilan ilmiy alo qalarni uzmay Berlin FAda ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari oʻsha davr matematikasining barcha sohalariga, mexanika, elastiklik nazariyasi, matematik fizika, optika, muzika nazariyasi, mashinalar nazariyasi, ballistika, dengiz fani va boshqalarga oid. E.ning osmon mexanikasi, tutash muhitlar mexanikasi va optikadagi kashfiyotlari salmoqli oʻrin egallaydi. E. variatsion hisob, sonlar nazariyasi, analitik va maxsus funksiyalar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi va sirtlar nazariyasi kabi sohalarga asos solgan. U kiritgan "Eyler burchaklari" mexanikada muhim oʻrin tutadi. Qator ilmiy ishlari analitik geometriya, qatorlar nazariyasi va topologiyaga oid (q. Eyler formulalari).