Eye of the Tiger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Eye of the Tiger“
Survivor qoʻshigʻi
„Rocky III va Eye of the Tiger“ albomidan
B tomon „Take You on a Saturday“
Chiqarilgan sanasi 31-may, 1982-yil (AQSh)
Janr Xard-rok[1]
Davomiyligi 4:04 (albom versiya)
3:45 (singl versiya)
Leybl
Bastakor(lar)
Lirik ijodkor(lar)
  • Frankie Sullivan
  • Jim Peterik
Prodyuser(lar)
  • Frankie Sullivan
  • Jim Peterik
Survivor singllari xronologiyasi
„Summer Nights“
(1982)
Eye of the Tiger
(1982)
„American Heartbeat“
(1982)
Klipi
Eye of the Tiger YouTubeda

Eye of the Tiger“ (tarjimasi „Yoʻlbars koʻzi“) — AQShda tuzilgan „Survivor“ rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning ayni nomli albomiga kiritilgan. 1982-yil chiqarilgan „Rocky III“ filmining asosiy taronasi oʻlaroq tanilgan. Qoʻshiqni „Survivor“ gitarachisi Frankie Sullivan hamda klavishchisi Jim Peterik yozgan. Tarona „Rocky III“ filmi bosh qahramoni hamda rejissori Sylvester Stallone iltimosi bilan bastalangan[2]. Dastlab Stallone filmda „Queen“ guruhining „Another One Bites the Dust“ qoʻshigʻini ishlatmoqchi boʻlgan, ammo guruh aʼzolari bunga izn bermagan. „Eye of the Tiger“ qo'shig'ining „Rocky III“ filmida ishlatilgan versiyasi demo versiya boʻlib, unda yoʻlbars ovozi ham bor. Albomga kiritilgan versiyada esa yoʻlbars naʼrasi yoʻq. Qoʻshiqni guruhning ilk vokalchisi Dave Bickler kuylagan boʻlib, u 1983-yil guruhni tark etgan[3]. „Eye of the Tiger“ 1986-yil eʼlon qilingan ayni nomli filmning asosiy taronasi oʻlaroq tanlab olingan[4].

Qoʻshiq 1982-yil „MTV“ telekanalida hamda radiokanallarda yirik xitga ayangan, dunyo boʻylab xit-paradlarda eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. AQShda tarona „Billboard Hot 100“ xit-paradidan olti hafta davomida birinchi pog'onadan tushmagan. „Eye of the Tiger“ xit-paradning eng yuqori oʻntaligida 15 hafta davomida qolgan. „Survivor“ guruhi „Duet yoki vokalli guruh tomonidan eng yaxshi rok ijro“ (inglizcha: Best Rock Performance by Duo or Group with Vocal) nominatsiyasida „Grammy“ mukofoti bilan taqdirlangan[5]. 1982-yilning sentyabrida tarona Buyuk Britaniya singlllar xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilib, bu pozitsiyani toʻrt hafta davomida ushlab turgan[6]. 1982-yil Buyuk Britaniyada qoʻshiqning 956 000 nusxasi sotilgan[7]. AQShda esa oʻsha yilning avgustiga qadar 2 milliondan oshiq adadda sotilgan. Shuningdek, „Eye of the Tiger“ AQShda 2015-yilning fevraliga qadar Internetda 4,1 million marta sotilgan. „VH1“ telekanali oʻtkazgan soʻrovda qoʻshiq 63-eng yaxshi xard-rok qoʻshiq deb topilgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Holden, Stephen. „The Pop Life; RCA Gambling on Kenny Rogers“ (1982-yil 28-iyul). Qaraldi: 2018-yil 16-aprel.
  2. „Interview: Guitarist Jim Peterik Talks 'Tiger' and the New Pride of Lions Album, 'Immortal'. Guitar World. 19–oktyabr 2012–yil. Qaraldi: 29–mart 2014–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. Fischer, Blair R. (June 2010). „Who's Left?“. Spin. 26-jild, № 5. 74-bet. ISSN 0006-2510.
  4. „Eye of the Tiger (1986) – Soundtracks“. IMDb. Qaraldi: 26-may 2014-yil.
  5. „25th Annual Grammy Awards (1982)“. Grammy.com. Qaraldi: 19-fevral 2021-yil.
  6. „Survivor“. Official Charts Company. Qaraldi: 7-sentyabr 2017-yil.
  7. Copsey, Rob „The Official Top 50 best-selling songs of 1982“. Official Charts Company (12-mart 2021-yil). Qaraldi: 10-iyul 2021-yil.
  8. Winistorfer, Andrew „VH1's 100 Greatest Hard Rock Songs list only slightly less annoying than their hip-hop list“. Prefix Magazine (5-yanvar 2009-yil). 2009-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2013-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]