Ey, sinfdosh

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Ey, sinfdosh“
Janob Mirzo qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1991
Yozib olingan 1991
Janr pop
Davomiyligi 5:10
Matn muallif(lar)i Janob Mirzo
Prodyuser(lar) Janob Mirzo

Ey, sinfdosh“ (shunchaki „Ey sinfdosh“ oʻlaroq ham yoziladi) — Janob Mirzo (haqiqiy ismi Mirzohid Sodiqov) ijro etgan qoʻshiq. 1991-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham Janob Mirzo 17 yoshida, maktabni tamomlayotgan paytida yozgan[1]. Janob Mirzo taronani ilk bor Andijon shahridagi 46-umumtaʼlim maktabida ijro etgan[2]. Qoʻshiq Janob Mirzoning 1990- va 1994-yil chiqarilgan albomlariga kiritilgan.

„Ey, sinfdosh“ qoʻshigʻi „Xayr, maktabim!“ qoʻshigʻi bilan bir qatorda Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlarda yashovchi oʻzbeklar orasida maktab bitiruvchilari madhiyasiga aylangan. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda va guruh, jumladan, „Shahrizoda“ guruhi hamda Sardor Rahimxon kaver qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 15-may, 2023-yil(2023-05-15) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.