Exploria Stadium

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Exploria Stadium
Joyi 655 West Church Street, Orlando, Florida 32805[1][2]
Koordinatalari 28°32′28″N 81°23′21″W / 28.5411°N 81.3893°W / 28.5411; -81.3893 G OKoordinatalari: 28°32′28″N 81°23′21″W / 28.5411°N 81.3893°W / 28.5411; -81.3893 G O[2][3]
Qachon ochilgan 2017-yil 24-fevral
Egasi Orlando City SC
Operator Orlando City SC
Inshoot narxi $155 million
Hajmi 25,500
Maydon egalari
National Collegiate Athletic Association

Exploria Stadium — Florida shtatidagi Orlando shahri markazidagi futbol stadioni. Stadion Orlando markazining gʻarbiy qismidagi Parramore mahallasida joylashgan. Stadion 5-mart kuni Orlando Sitining 2017-yilgi mavsumdagi uyini ochlishi uchun oʻz vaqtida qurib bitkazildi va u oʻsha yili MLS, NWSL va USL jamoalarini doimiy ravishda bir joyda oʻtkazgan birinchi maydonga aylandi.[4] Dastlab Orlando City stadioni nomi bilan tanilgan, 2019-yil 4-iyun kuni Exploria Resorts (yaqin atrofdagi Klermont shahrida joylashgan taymsher korxonasi) stadionga nom berish huquqini qoʻlga kiritgani eʼlon qilindi.[5]

Futboldan uzoqda, stadionda 2019 va 2021-yillardagi Cure Bowl kollej futbol boʻyicha oʻyin shuningdek, 2022-yilgi AQSh Maxsus Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.[6][7]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil aprel oyida Orlando shahri 110 million dollarlik MLS futbol stadioni qurilishi uchun 8,2 million dollarga shahar markazidan yer sotib oldi.[8] Biroq may oyida Florida shtati Vakillar palatasi stadion loyihasi uchun 30 million dollargacha davlat mablagʻi ajratilishini nazarda tutuvchi Senat tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini ovozga qoʻymadi. Orlando City SC prezidenti Fil Rolins muqobil moliyalashtirishni topish va MLSni kengaytirishni davom ettirish niyatini izhor qilib javob berdi.[9]

Orlando shahar markazidagi futbol stadioni 2013-yilning 8-avgustida Orinj okrugi meri Tereza Jeykobs va Orlando meri Baddi Dayer Orlandoning turli loyihalarini shu jumladan, yangi MLS futbol stadionini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kelishuvga erishgach, moliyalashtirishga yaqinlashdi.[10] Stadionni moliyalashtirishning soʻnggi qismi 2013-yil oktabr oyida 80 million dollarlik stadion loyihasining yakuniy choragini moliyalashtirish uchun mavjud turizm soligʻidan foydalanish boʻyicha ovoz berish edi.[11] 2013-yil 22-oktabrda Orinj okrugi Komissarlari kengashi Orlando shahri markazida 84 million dollarlik k futbol stadioni qurish uchun soliq fondlariga 20 million dollardan foydalanishni maʼqullash uchun 5-2 ovoz berdi.[12]

Aerial view of Orlando City Soccer Stadium
Exploria stadionining tepadan koʻrinishi

Moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orlando City SC egalari 2015-yil 29-may kuni stadionni xususiy ravishda moliyalashini eʼlon qildi. Ular shuningdek, stadion sigʻimini 19 000 oʻrindiqdan 28 000 oʻringa qadar oshirishlarini eʼlon qilishdi. Yangi reja 31-iyul kuni eʼlon qilindi. Xarajatlar ham 110 million dollardan 155 million dollarga koʻtarildi.[13]

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa 2012-yil 11-dekabrda stadionning renderlarini chiqardi.[14] 2013-yil 30-sentabrda Woods Bagot arxitektura firmasi oʻz veb-saytida stadion chizmalarini eʼlon qildi. Jamoa ushbu chizmalar ularning ishtirokisiz chiqarilganidan norozi boʻlishdi. Woods Bagot oʻz veb-saytidan rasmlarni olib tashlashni talab qilishdi.[15] Dizayn bosqichi 2014-yil 7-yanvarda, shahar meri Buddi Dayer va Orlando City SC xodimlarining bir qismi Populous dizayn firmasi bilan ishlashni boshlandi.

Boshqa sport turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil may oyida Cure Bowl rasmiylari kollej futbol oʻyini Camping World Stadiumdan Exploria Stadiumga koʻchirilishini eʼlon qildi. Bu stadionning futboldan tashqari birinchi tadbiri edi.[16] U ESPN Events[17] tomonidan sotib olinganidan keyin 2020-yilda Camping World Stadiumga koʻchib oʻtdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wiebe, Andrew „Orlando City President Expects New Stadium to Have "Most Intense Atmosphere in the Whole of MLS"“. Major League Soccer (2013-yil 20-noyabr). 2014-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Orlando City Soccer announces new stadium location“. WOFL. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
  3. Wiebe, Andrew „Orlando City SC shift soccer-specific stadium site one block west as city drops eminent-domain claim“. MLSsoccer.com. Major League Soccer. 2015-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
  4. „Orlando City B To Play 2017 USL Season in New Downtown Soccer Stadium“. 8-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2017-yil.
  5. „Orlando City SC Announces Central Florida-Based Exploria Resorts as Stadium Naming Rights Partner“. Qaraldi: 4-iyun 2019-yil.
  6. „Exploria Stadium to Host 2022 Special Olympics USA Games Opening Ceremony“. www.orlandocitysc.com.
  7. Wilson. „2022 Special Olympics USA Games opening ceremonies to be held at Exploria Stadium“. WFTV.
  8. „Dyer Opens Up About Land Purchase for New MLS Stadium“. WFTV (17-aprel 2013-yil). 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2013-yil.
  9. „Orlando City Determined to Join MLS Despite Legislation Impasse in Florida House“. Major League Soccer (6-may 2013-yil). 2013-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2013-yil.
  10. Kennedy. „Mayors Line Up Behind Orlando Stadium Deal“. SoccerAmerica (9-avgust 2013-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2013-yil.
  11. Straus. „MLS Expansion Team Likely Heading Atlanta's Way“. Sports Illustrated (13-sentabr 2013-yil). 13-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-sentabr 2013-yil.
  12. Schlueb, Mark; Damron, David. „'We Are Going MLS!' Pro Soccer Stadium Is Coming to Orlando“. The Orlando Sentinel (22-oktabr 2013-yil). 2014-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2014-yil.
  13. Tenorio, Paul. „Orlando City unveils plans for new 1455 million, 25,500-seat soccer stadium“. The Orlando Sentinel (31-iyul 2015-yil). Qaraldi: 1-avgust 2015-yil.
  14. Bilbao, Richard. „Orlando City Soccer Talks More About Future Stadium“. Orlando Business Journal (12-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  15. Savino. „UPDATE: Woods Bagot Releases Renderings of Proposed Orlando City SC Stadium“. Business of Soccer (30-sentabr 2013-yil). 2017-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  16. Murschel, Matt. „Orlando City Stadium to host Cure Bowl“. Orlando Sentinel (1-may 2019-yil). Qaraldi: 1-may 2019-yil.
  17. „ESPN Events Reveals 13-Game College Football Bowl Schedule for 2020-21“. ESPN Press Room U.S. (30-oktabr 2020-yil).